Экология ва табиатни мухофаза килиш

Ushbu kitob ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag'ishlangan bo'lib, talabalarga, o'qituvchilarga va bu sohada qiziquvchilarga mo'ljallangan. Unda ekologiyaning nazariy asoslari, atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlar, tabiatni muhofaza qilishning tarixiy va zamonaviy jihatlari, ekotizimlar va biologik xilma-xillik masalalari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlar: Ushbu mavzuda tabiat, inson va jamiyat o'rtasidagi aloqalar, ularning o'zaro ta'siri, tabiat va jamiyat qonunlarini uyg'unlashtirish zarurati, atrof-muhitga bo'lgan munosabatning ijtimoiy va falsafiy jihatlari ko'rib chiqiladi.
  • Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tarixi. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi. Qisqacha tarixi: Ekologiya fanining rivojlanish bosqichlari, O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tarixi, atrof-muhitni muhofaza qilishning nazariy asoslari va prinsiplari, tabiatni muhofaza qilishda davlatning roli yoritilgan.
  • Tabiatni muhofaza qilishning jihatlari. Tabiatni muhofaza qilishning nazariy asoslari va jihatlari: Muhit tushunchasi, muhitning yashash sharoitidan farqi, tabiatni muhofaza qilishning etik-estetik, sog'lomlashtirish, ilmiy-nazariy va tarbiyaviy jihatlari tahlil qilingan.
  • Ekologik omillar haqida tushuncha: Ekologik omillar, ularning organizmlarga ta'siri, ekologik omillar guruhlari (abiotik, biotik, antropogen), atrof-muhit omillarining organizmga ta'sir etish qonuniyatlari, muhit omillari va organizmlarning moslashuvchanligi masalalari bayon etilgan.
  • Biologik maromlar: Biologik maromlar, ularning turlari, sutkalik, oylik va yillik maromlar, biotik aloqalarning asosiy turlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Populyatsiya tushunchasi: Populyatsiya tushunchasi, populyatsiyaning dinamikasi va tuzilishi, populyatsiyaga ta'sir etuvchi omillar va ularning ahamiyati, populyatsion nazorat, populyatsiyaning o'zini-o'zi boshqarish mexanizmlari yoritilgan.
  • Ekotizim va ularning tasniflanishi: Ekotizim tushunchasi, ekotizimlarning tarkibiy qismlari (produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar), ekotizimlarning biologik mahsuldorligi, bioximik aylanishlar, energiya oqimi va ekologik piramidalar ko'rib chiqilgan.
  • Biosfera tushunchasi: Biosfera tushunchasi, biosferaning geospherada tutgan o'rni, biosferaning tarkibiy qismlari, biosferadagi moddalar va energiya aylanishi, biosferaning funksiyalari, biosferaga insonning ta'siri va ekologik muammolar tahlil qilingan.
  • Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi: Tabiiy resurslar tushunchasi, tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi (tugaydigan, tiklanadigan, tugamaydigan), resurslardan oqilona foydalanish masalalari o'rganilgan.
  • Muxitning ifloslanishi: Atmosferaning ifloslanishi muammolari, Yer sharida tabiiy va sun'iy radioaktivlikning vaqt o'tishi bilan o'zgarishi, suv resurslarining ifloslanishi, tuproqni ifloslantiruvchi omillar va ularga qarshi kurash usullari keltirilgan.
  • O’simlik resurslari, ularni muhofaza qilish: O’simlik resurslarining insoniyat faoliyatida tutgan o’rni, o’simliklarni muhofaza qilishda O’zbekistonda qo’llaniladigan ilmiy va qonuniy chora-tadbirlar yoritilgan.
  • Hayvonot dunyosi va uni muxofaza qilish: Hayvonot dunyosining inson hayotida tutgan o’rni, hayvonot dunyosini muhofaza qilishda qo’llaniladigan ilmiy va qonuniy chora-tadbirlar keltirilgan.
  • Yer osti boyliklari va ulardan to’g’ri foydalanish: Yer osti boyliklari to’g’risida tushuncha, O’zbekiston yer osti boyliklari zahiralari va ulardan foydalanish xolati. O’zbekistonda mineral resurslardan foydalanish yoritilgan
  • Atmosferaning tabiatdagi ahamiyati va uning tirik organizmlarga ta’siri: Atmosferaning tarkibi, atmosferadagi chang xillari, gazlar va ularning tirik organizmlarga ta’siri, tabiiy muhitga inson ta’siri tahlil qilingan.