Tibbiy bilim asoslari fanidan amaliy mashg’ulotlar
Ushbu kitob tibbiyot kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy qo'llanma sifatida xizmat qiladi. Qo'llanmada inson organizmining asosiy sistemalari, kasalliklari, ularning belgilari va birinchi tibbiy yordam ko'rsatish usullari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda, shuningdek, antiseptika, aseptika, dezinfeksiya, shinalar bilan immobilizatsiya va tibbiy ko'chirish bosqichlarida qayta tiriltirish kabi tibbiy amaliyotlarga oid ma'lumotlar ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Tayanch-harakat tizimi: Suyak sistemasi, suyaklarning turlari, gavda skeleti, qo'l va oyoq suyaklari, muskullar va ularning funksiyasi, skelet muskullari, muskullarning tuzilishi va joylashishi.
- Qon va limfa sistemasi tizimi: Qon tomirlar sistemasi, yurak, arteriyalar, venalar, kapillyarlar, limfa sistemasi, limfa tugunlari.
- Nafas olish va ovqat hazm qilish tizimi: Nafas olish a'zolari, burun bo'shlig'i, xiqildoq, traxeya, bronxlar, o'pka, plevra, ovqat hazm qilish organlari, og'iz bo'shlig'i, xalqum, qizilo'ngach, oshqozon, o'n ikki barmoqli ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar, jigar, oshqozon osti bezi.
- Endokrin va siydik ayirish tizimi: Endokrin bezlar, gipofiz, epifiz, qalqonsimon bezi, ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, oshqozon osti va jinsiy bezlar, siydik ayirish organlari, buyraklar, siydik yo'li, qovuq.
- Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi: O'rin-boshni tayyorlash, ich kiyimlar va choyshablarni almashtirish, teri, soch, tirnoqlar, quloqlar, burun, ko'zlarni parvarish qilish, tagini yuvish, choyshablar va ich kiyimlarni almashtirish, badan terisini parvarishlash, yotoq yaralar profilaktikasi, og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish, sochlarni parvarish qilish.
- Xantalma va bankalar: Xantalmalar, qo'llanilishi, tayyorlash usuli, qo'yish texnikasi, bankalar, qo'llanilishi, qo'yish texnikasi.
- Dori moddalarni qo'llash usullari: Tashqi, ichki va parenteral usullar, teri orasiga, teri ostiga, muskul orasiga yuborish texnikalari.
- Tez tibbiy yordam ko'rsatish: Kollaps, shok, hushdan ketish, zaharlanish, kuyish, muzlash.
- Bolalar kasalliklari: Raxit, sil, yuqumli kasalliklar, tayanch harakat apparati kasalliklari
- Antiseptika, aseptika va immobilizatsiya: Antiseptik va aseptik vositalar, qo'llanilishi, bog'lamlar, shinalar
- Og'riqsizlantirish: Yurak massaji, sun'iy nafas oldirish.