Musiqa asarlari tahlili

Ushbu oʻquv-uslubiy majmua “Musiqa asarlari tahlili” fani boʻyicha yaratilgan boʻlib, unda mazkur fanning oʻquv dasturi, ishchi dasturi, ta'lim texnologiyasi, mashqlar toʻplami, test savollari, nazorat uchun savollar (J.N., O.N., Y.N.), tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro'yxati, maʼruza va amaliy mashg'ulotlar matni, kurs ishlari mavzulari, muallif annotatsiyasi, baholash mezonlari, normativ hujjatlar va mazkur oʻquv uslubiy majmuaning elektron nusxasi saqlangan kompakt disk jamlangan. Ushbu oʻquv-uslubiy majmua 5151600 – Xalq ijodiyoti (turlari bo`yicha) ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Musiqa asarlari tahlilining mohiyati va vazifalari: Musiqa asarlari tahlili fanining mohiyati, maqsad va vazifalari, talabalarning bilim, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan talablar, fanlararo bog'liqligi va o'quv rejadagi o'rni.
  • Musiqa ifoda vositalari. Davriya va uning xillari: Musiqa ifoda vositalari (kuy, garmoniya, ritm, faktura)ning musiqiy asarlar shakllanishidagi o'rni va ahamiyati. Davriya ta'rifi, tahlili, turlari va asosiy alomatlari.
  • Oddiy ikki qismli shakl: Ta'rifi, kelib chiqish tarixi, qo'llanilish doirasi. Oddiy ikki qismli shaklning xillari, tugallanish turlari, qo'shiq janrida qo'llanilishi.
  • Oddiy uch qismli shakl: Ta'rifi, kelib chiqish tarixi, qo'llanilish doirasi. Shaklning simmetrik bo'lishi, o'rta qismning xilma-xilligi, shartli ifodalar, qaytariq turlari.
  • Murakkab uch qismli shakl: Ta'rifi, kelib chiqish tarixi, qo'llanilish doirasi. Vena klassikalarining murakkab uch qismli shakllari, romantik kompozitorlarning murakkab uch qismli shakllari, qaytariq turlari.
  • Variatsiya shakli: Ta'rifi, kelib chiqish tarixi, qo'llanilish doirasi. Variatsion turkumning turlari, mavzuning xususiyatlari, tuzilishi, fakturali o'zgarishlari, erkin variatsiyalar.
  • Rondo shakli: Ta'rifi, kelib chiqish tarixi, qo'llanish doirasi. Fransuz klavessinchilarining kuplet shaklidagi rondolari, Vena klassik kompozitorlarning rondo shakllari, ishlov uslublari.
  • Sonata shakli: Ta'rifi, kelib chiqish tarixi, qo'llanish doirasi. Sonata shakli - obrazlarning dialektik rivojlanishi, shaklning tuzilishi, ekspozitsiya, ishlov, qaytariq.
  • Vokal musiqasi shakllari: Ta'rifi, jo'rli (vokal-cholgu) va jo'rsiz (a,kapella) vokal-musiqasi, musiqali deklamatsiY, vokal musiqasining muhim umumiy asoslari, vokal shakllarning o'ziga xosligi.