Avtomobillarni elektr va elektron jihozlari
Ushbu kitob avtomobillarning elektr va elektron jihozlariga bag'ishlangan bo'lib, akkumulyator batareyalari, generatorlar, starterlar, yoritish va signal tizimlari, shuningdek nazorat-o'lchov asboblarining texnik holatini aniqlash, sozlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish usullarini o'z ichiga oladi. Laboratoriya ishlari bo'yicha uslubiy qo'llanma talabalarga amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Akkumulyator batareyasini tekshirish: Akkumulyator batareyasining texnik holatini aniqlash, volt-amper tavsifnomasini olish, elektrolit sathini o'lchash, zichligini aniqlash, plastinalar orasidagi qisqa tutashuvni aniqlash, zaryadsizlanganlik darajasini aniqlash.
- Generatorni tekshirish: Generatorning texnik holatini aniqlash, rostlagichsiz va rostlagich bilan ishlagandagi ishchi tavsifnomalarini olish. Tuzilishi, ishlash printsipi va elektr tasnifnomalarini tekshirish.
- Starterni tekshirish: Starterni texnik holatini aniqlash, tuzilishi, ishlash uslubini puxta o'rganib chiqish, elektromexaniq tavsifnomasini tahlil qilish, salt ishlaganda va tula tormozlangan holda tekshirish.
- Nazorat-o'lchov asboblarini tekshirish: Nazorat-o'lchov asboblarining texnik holatini aniqlash, datchiklar va manometrlar, termometrlar, xalokat darakchilari, yonilg'i satxi ko'rsatkichlarining ishlashini tekshirish.
- Yoritish va signal tizimlarini tekshirish: Yoritish va darak berish tizimi asboblarining texnik holatini aniqlash, faralarni sozlash, burilish chiroqlari va falokat darakchisi ishlashini tekshirish, saqlagichlarni tekshirish.