Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida foydali qazilmalarni boyitish texnologiyalari fanining dasturi bo'lib, oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan. Dasturda fan o'qitilishining maqsadi, vazifalari, asosiy mavzulari va ularning mazmuni, amaliy mashg'ulotlar, kurs loyihasi, mustaqil ishlar, darslik va o'quv qo'llanmalari ro'yxati keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi to'g'risida asosiy tushunchalar: Konchilik sohasida Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, foydali qazilmalarning xalq xo'jaligidagi va Respublikamiz moddiy-texnika bazasini yaratishdagi ahamiyati.
- Misin va mis-pirit rudalarini boyitish texnologiyasi: Misin va mis-pirit rudalari. Misning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohalari. Rudaning mineralogik tarkibining o'ziga xosligi. Mis va piritning flotatsiyalanish xususiyatlari. Boyitishning texnologik sxemalari. Oksidlangan va aralash rudalarni qayta ishlash texnologiyasi. Misni chiqit (balansdan tashqari) rudalardan va boyitish fabrikalari chiqindilari tarkibidan ajratish.
- Mis-rux rudalarini boyitish texnologiyasi: Ruxning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Rux rudalari va minerallari. Rux minerallarining flotatsiyalanish xususiyatlari. Mis-rux rudalarini flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemalari.
- Qo'rg'oshin rudalarini boyitish texnologiyasi: Qo'rg'oshinning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Qo'rg'oshin rudalari va minerallari. Qo'rg'oshin minerallarining flotatsiyalanish xususiyatlari va flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemalari.
- Molibden tarkibli rudalarni boyitish texnologiyasi: Molibdenning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Molibden rudalari va minerallari. Molibden va mis-molibden rudalarini flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemalari va reagentlar qo'llash tartibi.
- Vol'fram va molibden-vol'fram rudalarini boyitish texnologiyasi: Vol'framning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Vol'fram rudalari va minerallari. Sheyelit-molibden rudalarini boyitishning texnologik sxemalari. Vol'framit rudalarini boyitish sxemalari.
- Nikel rudalarini boyitish texnologiyasi: Nikelning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Nikel rudalari va minerallari. Nikel rudalarini boyitishning texnologik sxemalari.
- Oltin tarkibli rudalarni boyitish texnologiyasi: Oltin tarkibli ruda konlarining tavsifi. Oltinning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Oltin rudalarini boyitishga tayyorlash jarayonlari va boyitish usullari. Flotatsiya va amal'gamatsiya jarayonlari. Kamsul'fidli oltin rudalarini boyitish. Oksidlangan oltin tarkibli va oltin-pirit rudalarini boyitish. Oltin-margimushli va oltin-misli rudalarni boyitish.
- Qalay va titan rudalarini boyitish texnologiyasi: Qalayning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Qalay rudalari va minerallari. Titan rudalarini boyitish texnologiyasi jarayonlari. Titanning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi. Titan rudalari va minerallari.
- Nometall rudalarini boyitish texnologiyasi: Asbestning xususiyatlari va ishlatilishi. Grafit rudalarini boyitish texnologiyasi. Grafitning xususiyatlari, tasnifi va ishlatilishi, Boyitish usullari va sxemalari. Tal'k rudalarini boyitish texnologiyasi. Tal'kning xususiyatlari va ishlatilishi. Kaolin rudalarini boyitish texnologiyasi. Kaolinning xususiyatlari va ishlatilishi. Fosforit rudalarini boyitish texnologiyalari. Fosforit rudasi konlarining tavsifi. Mineralogik va kimyoviy tarkibi. Ishlatilish sohalari. Boyitish usullari. Markaziy Qizilqum fosforit rudalarini boyitishning o'ziga xosligi. Tsement xom ashyolarini boyitish texnologiyasi.