Ўзбек тили стилистикаси

Ushbu kitob "O'zbek tili stilistikasi" fanini o'rganishga bag'ishlangan. Unda stilistikaning asosiy tushunchalari, o'zbek tilining turli uslublari (so'zlashuv, rasmiy, ilmiy, publitsistik) va ularning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, fonetika, leksika, morfologiya va sintaksisning stilistik imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Kitobda so'z qo'llash, omonimlar, sinonimlar, ko'plik, egalik, kelishik kategoriyalari, olmoshlar, fe'llar, sodda va qo'shma gaplarning stilistik xususiyatlariga alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbek tili stilistikasiga kirish: Stilistika kursining dolzarbligi, tarixi, rus va chex tilshunoslarining stilistikaga munosabati, o'zbek tilshunosligida stilistika muammolariga bo'lgan munosabat.
  • O'zbek tili stilistikasi va uning vazifalari: Stilistikaning vazifalari, fonetika va stilistika, grammatika va stilistika.
  • O'zbek so'zlashuv nutqi stilistikasi va uning asosiy masalalari: Oddiy va adabiy so'zlashuv stili, so'zlashuv stilining fonetik va leksik-frazeologik xususiyatlari.
  • O'zbek rasmiy-idora nutqi stilistikasi: Rasmiy hujjatlar stilining qo'llanish doirasi, shartnoma va yuridik hujjatlardagi murakkab sintaktik qurilishlar, harbiy buyruqlarning sintaktik qurilishlari.
  • O'zbek ilmiy nutqi stilistikasi: Ilmiy stilning gramatik qurilishi, obrazli nomlarning roli, ilmiy va ilmiy-ommabop ko'rinishlari o'rtasidagi tafovutlar.
  • O'zbek publitsistik nutqi stilistikasi: Publitsistik stilning paydo bo'lishi va shakllanishi, og'zaki va yozma ko'rinishlari, xos umumiuy belgilar.
  • Adabiy til normalari haqida tushuncha: Normaning ijtimoiy ahamiyati, uzluksiz o'zgarib turishi, tabiatini aniqlashda ijtimoiy sharoitlarining va madaniy muhitning ahamiyati.
  • O'zbek leksik uslubiyati. So'z qo'llash va uning turlari.: So'z va ma'nosi, omonimlar va turlari, ideografik stil va stilistik sinonimlar.
  • O'zbek morfologik uslubiyati. Ko'plik, egalik, kelishik kategoriyalarining uslubiy xususiyatlari.: Ko'plik, egalik va kelishikning bir-biriga nisbatan sinonimik munosabati va ularning uslubiy roli.
  • O'zbek tilida sifat va son stilistikasi.: Sifat darajalarini hosil qiluvchi formalar stilistikasi va sifat yasovchi affikslar sinonimiyasi.
  • O'zbek tilida olmosh va fe'l stilistikasi: Olmosh va fe'llarning stilistik xususiyatlari, zamon formalarining qo'llanilishi.
  • O'zbek tilida sintaksisning uslubiy imkoniyatlari: Sintaksisning stilistik imkoniyatlari, ilmiy va so'zlashuv uslublarining sintaktik elementlari.
  • Sodda gaplar stilistikasi: Bir sostavli gaplar sinonimiysi, va harakteri.
  • Murakab qoshma gaplar stilistikasi: Badiy matnlarda qoshma gaplarning islatilishi, mohiyati va qiymati.