Кon uskunalari ekspluatasiyasi va tamirlash

Ushbu dastur konchilik korxonalarida qo'llaniladigan uskunalarini ishlatish, nazorat qilish va ta'mirlash ishlarini olib borish bilan bir qatorda, ularni uzoq muddatda ishlashini, kam chiqimli bo'lishligini ta'minlash masalalarini qamrab oladi. Kitobda elektr mexanik uskunalarini ishlatish, kon sanoatida texnik xizmatni tashkil etish, yig'ish hujjatlarini tuzish, kon mashinalari va uskunalarini ishlatish hamda ta'mirlash masalalari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Elektr mexanik uskunalarini ishlatishning asosiy qoidalari: Kon uskunalarini ekspluatatsiya qilish va ta'mirlash, konchilik korxonalarida qo'llaniladigan uskunalarini ishlatish, nazorat qilish va ta'mirlash ishlarini olib borishda asosiy vazifalar va rivojlanish tendensiyalari.
  • Kon sanoatida texnik xizmatni tashkil etish: Mashina parkini operativ boshqarish. Texnik hujjatlar. Kon, transport va turg'un mashinalarni texnik xizmatini, ta'mirlashni hamda ishini material-texnik ta'minlashni rejalashtirish asoslari. Kon mashinalari va uskunalarini qabul qilish.
  • Turg'un mashina va qurilmalarning ishlatilishi: Turg'un mashina va qurilmalarning mexanik qismlarini texnik holati va ularni ishini belgilovchi asosiy omillar, hamda ularning ishiga ta'sir etuvchi ko'rsatgichlar. Turg'un mashina va qurilmalarning ish qobiliyati. Ularining texnik imkoniyatlari.