Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар

Ushbu kitob jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarining nazariy va amaliy jihatlarini qamrab olgan. Unda xalqaro savdo, kapital migratsiyasi, valyuta kurslari, integratsiya jarayonlari, O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy aloqalari, transmilliy korporatsiyalar kabi mavzular batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga va iqtisodiyotga qiziquvchilarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: Jahon iqtisodiyoti mohiyati, tarkibi, globallashuv jarayonlari, rivojlanish tendensiyalari va O'zbekistonning jahon xamjamiyatidagi o'rni.
  • Xalqaro mehnat taqsimoti: Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati, shakllari, turlari va tendensiyalari, uning jahon iqtisodiyotiga ta'siri.
  • Xalqaro savdo aloqalari: Xalqaro savdo aloqalarining mohiyati, shakllari, turlari, savdo siyosati va O'zbekistonning xalqaro savdodagi ishtiroki.
  • Xalqaro kapital migratsiyasi: Kapital migratsiyasining sabablari, shakllari, turlari va jahon iqtisodiyotiga ta'siri, O'zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish masalalari.
  • Transmilliy korporatsiyalar: Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, turlari, rivojlanish sabablari, faoliyati va jahon iqtisodiyotidagi roli.
  • Xalqaro iqtisodiy integratsiya: Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari, turlari, rivojlanish tendensiyalari va jahon iqtisodiyotiga ta'siri.
  • Jahon iqtisodiyotining global muammolari: Demografik muammolar, oziq-ovqat muammosi, ekologik muammolar, urush va tinchlik muammosi kabi global muammolarning mohiyati va echimlari.
  • Sanoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti: Sanoti rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotni boshqarish xususiyatlari va undagi asosiy qonuniyatlar.
  • O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti: Mamlakat iqtisodiyoti tarkibi, asosiy ko'rsatkichlari va xalqaro iqtisodiy aloqalarining o'ziga xosliklari