Biznes marketingi

Kitob O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida biznes marketingining nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. Unda sanoat, agrosanoat, kapital qurilishi, intellektual mahsulotlar, notijorat tashkilotlar, banklar va sug'urta sohalaridagi marketing xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, tinglovchilar, malaka oshiruvchilar, aspirantlar, tadqiqotchilar va biznes marketingini o'rganishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Biznes marketingning nazariy asoslari: Biznes marketingning mohiyati, zamonaviy konsepsiyasi, kursning predmeti va vazifalari, biznes marketing muhiti va kursning ayrim muammolari.
  • Sanoat marketingi: Sanoat marketingining xususiyatlari, integratsiya tizimi, O'zbekistonda sanoat marketingining rivojlanishi, sanoat korxonalarida marketingni tashkil etish.
  • Ishlab chiqarish vositalari bozorida marketing: Ishlab chiqarish vositalari bozoridagi tovarlarning xususiyatlari, bozori asosiy sub'ektlarining tavsifi, marketingi, uning strategiya va taktikasi, reklamasi va bozorining ilg'or chet el tajribasi.
  • Iste'mol tovarlari marketingi: Iste'mol tovarlari bozorining moxiyati, talabni rivojlanishi, marketingining xususiyatlari va taklif tadiqoti.
  • Agrosanoat kompleksi marketingi: Agromarketing xususiyatlari va funksiyalari, boshqarish va rejalashtirish tizimi, axborot tizimi.
  • Kapital qurilish ob'ektlari marketingi: Kapital qurilish ob'ektlari marketingining xususiyatlari, KQOin sotish faoliyatining tahlili, bozoridagi raqobat tahlili va marketingi strategiyasini ishlab chiqish.
  • Intellektual mahsulot bozorlaridagi marketing: Intellektual va ishlab chiqarish mulki, ularning mohiyati, mahsulotlar bozori va uning xususiyatlari, Litsenziyaviy bitimlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ulardan foydalanish. Xizmatlar bozori, ularning tovar sifatidagi xususiyatlari.
  • Notijorat marketing: Notijorat marketingining mohiyati va ahamiyati, notijorat mahsulot va notijorat sub'ektlarining marketing faoliyati, faoliyatini strategik rejalashtirish va sub'ekt faoliyatini boshqarish.
  • Bank faoliyati marketingi: Bank marketingining mohiyati va ahamiyati, shakllanishi, mahsuloti va uning hayotiylik davri, marketingini mukammallashtirishning asosiy yo'nalishlari va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bank tizimi faoliyatini mustahkamlash.
  • Qimmatli qog'ozlar bozoridagi (QQB) marketing: Qimmatli qog'ozlar bozori marketing ob'yekti sifatida, strategiyasiga qo'yiladigan talablar, qog'ozlar bozorida vaziyatni tahlil qilish va segmentatsiya xususiyatlari va strategiyasi alohida turlarining xususiyatlari.
  • Xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarda marketing: Xorijiy investitsiyalarga ega korxona tuzishda marketing xususiyatlari va faoliyati, Qo'shma korxonaning (QK) biznes-rejasi va marketing dasturi, Marketing dasturini ta'minlash, Xorijiy investitsiyalarga talab va taklif.
  • Kichik biznesda marketing: Kichik biznes cubektlari marketing kompleksining xususiyatlari, Kichik biznes subektlari samaradorligini yuksalishida marketingning ta'siri, subektlarda marketing faoliyatini tashkiliy holati va muhitining shu kungi holati, bashoratlash.
  • Axborot texnologiyalari sohasidagi marketing: Axborot tijoriy tarqatuv predmeti sifatida, Axborotni tijoriy tarqatish texnologiyasi va industriyasi va Axborot marketingini tashkil qilish.
  • Innovatsion marketing: Innovitsion faoliyat marketingining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari va Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida innovatsiya marketingining roli va Innovatsiyalar bozorning davlat tomonidan tartibga solinishini kuchaytirish
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi: Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining mohiyati va ahamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining o'ziga xos xususiyatlari, Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini rivojlantirishning muhim yo'nalishlari.Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini davlat tomonidan tartibga solish.