Особенности экстрагенитальной патологии у беременных и женщин фертильного возраста.

Ushbu metodik qo'llanma akusherlik amaliyotida terapevtlarning roli va vazifalarini, shuningdek, homiladorlik va fertil yoshdagi ayollarda ekstrogenital kasalliklarni davolash va tashxislashni o'rganishga bag'ishlangan. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasida tibbiyot xodimlarining homiladorlikni boshqarish bo'yicha yo'riqnomalarini, shuningdek, O'zbekistonda kelajak avlod salomatligini himoya qilishga qaratilgan bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Metodik qo'llanma tibbiyot institutlari talabalari va umumiy amaliyot shifokorlari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Ekstragenital kasalliklarni tashhislash va davolashda tibbiyot xodimlarining roli: Ekstragenital kasalliklarni tashhislash va davolashda tibbiyot xodimlarining vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasida kelajak avlod salomatligini himoya qilishga qaratilgan tadbirlar.
  • Homiladorlikni davom ettirishga qarshi ko'rsatmalar: Homiladorlikni davom ettirishga qarshi ko'rsatmalar (nisbiy va mutlaq), asosiy ekstragenital kasalliklar, ekstragenital kasalliklar uchun minimal maxsus tadqiqotlar.
  • Homilador va fertil yoshdagi ayollarda ekstragenital patologiya: Nafas olish tizimi kasalliklari, yurak-qon tomir kasalliklari, homilador ayollarda anemiya, buyrak kasalliklari, jigar va o't yo'llari kasalliklari, endokrin kasalliklar, homiladorlikda arterial gipertenziya, homiladorlik paytida dori va dorisiz terapiya, homiladorlik paytida ovqatlanish, homiladorlikni to'xtatish zarur bo'lgan ichki organlarning kasalliklari.
  • Homiladorlik davrida dori terapiyasi: Homiladorlik davrida medikamentoz va nonmedikamentoz terapiya,antibakterial, vitaminlar,homiladorlik davrida qo'llanilishi mumkin bo'lmagan dorilar, gipotenziv dorilar.
  • Homiladorlikda ovqatlanish: Homilador ayollar uchun sog'lom ovqatlanish, muhim oziq moddalar (kaltsiy, oqsillar, vitamin C), cheklovlar, dietalar, misollar.