Индонез тилида спорт атамалари
Bitiruv malakaviy ish Indoneziya tilidagi sport atamalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda atamalarning leksik-semantik va struktur xususiyatlari o‘rganiladi. Ishda sport sohasiga oid atamalarning kelib chiqishi, shakllanish usullari, ma’no xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, atamalarning o‘zbek tilidagi muqobillari bilan qiyosiy tahlili ham o‘tkaziladi.
Asosiy mavzular
- Sport atamalari haqida umumiy ma'lumot: Atama va termin tushunchalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, til leksikasidagi o‘rni, boshqa sohalarga oid atamalardan farqi, o‘zbek tilida sport atamalarini o‘rganishning dolzarbligi.
- Indoneziya tilida sport atama leksikasining shakllanishi: Sport atamalarining yuzaga kelish manbalari, yozgi va qishgi sport turlari, yengil va og‘ir atletika, to‘p bilan o‘ynaladigan sport turlari, milliy sport turlari kabi guruhlarga bo‘linishi va ularning tahlili.
- Indonez tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan sport atamalar: O‘zlashma atamalarning o‘ziga xos xususiyatlari, fonetik va semantik o‘zgarishlari, ingliz tilidan o‘zlashgan sport atamalariga misollar.
- So'z shaklidagi sport atamalar: Soddda va qo'shma so'z shaklidagi atamalar, ularning tuzilishi va ma'nolari. Tub va yasama so'zlar, ularga misollar.
- Birikma shaklidagi atamalar: Fe'lli va otli birikma shaklidagi atamalar, ularning o'ziga xos xususiyatlari.