Бошқарув ҳисоби

Ushbu kitob, "Boshqaruv hisobi" fanidan ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga nazariy bilimlarni amaliy masalalar bilan mustahkamlash imkonini beradi. Kitobda boshqaruv hisobining nazariy asoslari, xarajatlarni turkumlash, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari, byudjetlashtirish, segmentar hisobot va transfer narxlar kabi muhim mavzular qamrab olingan. Masalalar yechimi bilan keltirilgan bo'lib, talabalarga materialni o'zlashtirishda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Boshqaruv hisobining nazariy asoslari va vazifalari: Boshqaruv hisobining ta'rifi, maqsadlari, elementlari va korxona faoliyatidagi o'rni, shuningdek, shakllanishi va kal'kulatsiya bilan bog'liqligi ko'rib chiqiladi.
  • Xarajatlarni turkumlash va hisobga olish: Xarajatlarni hisobga olish tartibi va usullari, o'zgaruvchan va to'liq xarajatlar hisobi usullari, moliyaviy natijalar hisobotini tuzish usullari masalalari yoritiladi.
  • Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari va zamonaviy tizimlari: Buyurtma bo'yicha kalkulyatsiya, jarayonli kalkulyatsiya, o'rtacha hisob usuli, FIFO usuli kabi tannarxni aniqlash usullari masalalari tahlil qilinadi.
  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilish: Maxsus buyurtmalarni qabul qilish, sotib olish yoki ishlab chiqarish, mahsulot tarkibini aniqlash kabi qarorlarni qabul qilishda hisobga olinadigan omillar va usullar ko'rsatilgan.
  • Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish: Byudjetlashtirishning mohiyati, byudjet turlari (sotish byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, va h.k.) va xarajatlarni nazorat qilish masalalari yoritiladi.
  • Moliyaviy hisobot: Marginal usul bo'yicha moliyaviy natijalar hisoboti, xarajatlarni to'liq hisobga olish usuli bo'yicha moliyaviy natijalar hisoboti, baholash usullari va ularning tahlili ko'rib chiqiladi.
  • Korxonaning segmentar hisoboti: Segmentar hisobotning mohiyati, ahamiyati va turlari, segmentlar bo'yicha qaror qabul qilish masalalari tahlil qilinadi.
  • Transfert bahoni shakllantirish: Transfert bahoning mohiyati, Transfert bahoga ta'sir etuvchi omillar va baholash masalalari tahlil qilinadi.
  • Boshqaruv hisobini tashkil etish: Xarajatlarni boshqarish, narxlarni belgilash, mahsulot tannarxini baholash, xarajatlar tizimini baholash masalalari tahlil qilinadi