Фалсафа

Ushbu kitob falsafa fanining asosiy tushunchalari, yo'nalishlari va muammolarini yoritadi. Unda falsafaning predmeti, tuzilishi, jamiyatdagi o'rni, bilish nazariyasi, ontologiya, etika, estetika, siyosat falsafasi, huquq falsafasi va din falsafasi kabi mavzularga keng o'rin berilgan. Kitobda Sharq va G'arb falsafasi an'analari, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining merosi ham tahlil etilgan. Asar falsafa faniga qiziquvchi keng o'quvchilar auditoriyasi uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Falsafa: mavzusi, tuzilishi, vazifasi va jamiyatdagi o'rni: Falsafaning predmeti, tuzilishi, jamiyatdagi vazifasi va roli, falsafa genezisi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasiga, G'arb va Sharq falsafasiga keng o'rin berilgan.
  • Falsafaning asosiy muammolari, yo'nalishlari va usullari: Falsafiy muammolar mohiyati, asosiy falsafiy yo'nalishlar (monizm, dualizm, plyuralizm), bilish nazariyasi va falsafiy bilish metodlari tahlil qilinadi.
  • Oliy ta'lim muassasalarida falsafani o'qitishning dolzarb muammolari: Falsafa o'qitish metodikasi, falsafaning fanning boshqa sohalari bilan aloqasi, talabalarda falsafiy tafakkurni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
  • Jahon falsafasi: Qadimgi Sharq falsafasi (Hindiston, Xitoy), Antik falsafa (Yunoniston, Rim), O'rta asrlar falsafasi, Uyg'onish davri falsafasi, Yangi zamon falsafasi, Nemis klassik falsafasi, Нозирги замон falsafasi va ularning asosiy vakillari yoritiladi.
  • Jamiyat falsafasi: Jamiyat tushunchasi, tuzilishi, ijtimoiy sohalari, davlat, siyosat, huquq, axloq, san'at, din, ma'naviyat va mafkura kabi masalalarni qamrab oladi. O'zbekistonning jahon ijtimoiy taraqqiyoti tizimidagi o'rni ko'rsatilgan.
  • Biliш falsafasi (gnoseologiya): Bilishning subyekt va obyekti, bilishning hissiy va ratsional shakllari, haqiqat muammosi, amaliyot va bilish, bilishning imkoniyatlari haqida bahs yuritiladi.
  • Texnika falsafasi: Texnikaning mohiyati, taraqqiyoti, axborot цивилизациясида инсон ва texnika o'rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
  • Insоn falsafasi (antrоpоlоgiya): Insоnning kelib chiqishi, mоhiyati, jamiуtdagi ўrni va rоli falsafiу nuqtai nazardan yоritilgan.
  • Global muammоlar falsafasi: Glоbal muammоlarning xususiyatlari, sabablari, asоratlari va hal etish yўllari haqida mulоhazalar yuritilgan.
  • Qadriyatlar falsafasi (aksiologiya): Qadriyat tushunchasi, qadriyatlarning turlari va ularning jamiyatdagi ahamiyati kо`rsatib berilgan.