"Tuproqning tarkibi xossalari va analizi"
Ushbu kitob tuproqshunoslik fanining amaliy mashg'ulotlariga bag'ishlangan bo'lib, unda tuproqlarning fizik, kimyoviy xossalarini o'rganish, tahlil qilish usullari, tuproqlarni klassifikasiyalash, bonitetlash va qishloq xo'jaligida ulardan foydalanish masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Tuproqlarning fizik va kimyoviy xossalarini tekshirish usullari: Tuproqlarni laboratoriyada oʻrganish uchun zarur uskunalar va idishlar, tuproq namunalari va monolitlarini olish texnikasi, tuproqni analizga tayyorlash, gigroskopik nam miqdorini aniqlash, maksimal gigroskopiklikni aniqlash, mexanik tarkibini analizi, suvga chidamliligini aniqlash, qattiq qismining zichligini, zichligini sochilma namunadan aniqlash, kovakligini hisoblash usullari keltirilgan.
- Tuproqlarning asosiy morfologik belgilari: Tuproq profili, rangi, namligi, strukturasi, qovushmasi, qoʻshilmalari, yangi yaralma, hayvonlar faoliyati izlari, mexanik tarkibi, organik qoldiqlar va boshqa belgilar ta’rifi.
- Tuproqning fizik-mexanik xossalarini aniqlash: Tuproqning plastikligi, yopishqoqligi, koʻpchishi, ilashimligi, qattiqligi kabilar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tuproqlarning kimyoviy xossalarini aniqlash: Suvli soʻrim analizi, uning tarkibi, tuproqdagi ionlarni aniqlash usullari batafsil yoritilgan.
- Oʻzbekiston tuproqlarining asosiy tiplarini oʻrganish: Choʻl zonasining tuproqlari, boʻz tuproqlar, gidromorf tuproqlar va ularning xususiyatlari keltirilgan.
- Tuproq kartalari va kartogrammalarini oʻqish: Tuproq kartalari va kartogrammalarini oʻqish, ulardan agroximiyada va qishloq xo'jaligida foydalanish usullari keltirilgan.