O`zbekiston tarixi
Ushbu kitob O'zbekistonning o'tmishi, buguni va kelajagi, uning jahon hamjamiyatidagi o'rni, davlat mustaqilligining ahamiyati, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- O`zbekiston mustaqillika erishgandan so`ng haqqoniy tariximizni o`rganishga keng imkoniyatlar ochildi: Mustaqillik yillarida O'zbekiston tarixini o'rganishga bo'lgan e'tibor kuchaydi. Milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanib, ardoqlanib bormoqda. Davlat arboblari, rahbarlari, iqtidorli va qobiliyatli, fidokor va qaxramon kishilarning tarixda tutgan o`rniga alohida e'tibor berildi.
- O`zbekiston insoniyat sivilizatsiyasinining qadimgi o`choqlaridan biri: O'zbekiston xududi eng qadimgi davrlardan boshlab sivilizatsiya o`choqlaridan biri ekanligi xozirgi kunda xech qandiy shubxa tug`dirmaydi. Vatan tarixiga bo`lgan diqqat-e'tibor nixoyatda kuchaygan bir davrda, O`zbekiston xududi eng qadimgi davrlardan boshlab jaxon sivilizatsiyasining o`choqlaridan biri ekanligiga xech qanday shubxa qolmadi
- O`zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyoti bosqichlari: Ilk davlatchilikning paydo bo`lishi masalalari hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida eng dolzarb bo`lib turgan muammolardan biri hisoblanadi. O`zbekiston xududi “Avesto” vujudga kelgan zamonlardayoq o`z tarixiy davlatchiligiga ega. Davlatchilikning kelib chiqish asoslarini ularning paydo bo`lish shart sharoitlari va rivojlanishini ko`rsatish.
- O`zbek xalqining etnik shakllanishi: Xalqning kelib chiqishi murakkab dolzarb muammo va umumtarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog`liq. Shu kunlarga qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi alohida fan sifatida shakllanib yetgani yo`q. O`zbek xalqinig kelib chiqishi tarixini o`rganishini qancha erta davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan davri va uning nisbiy miqdori to`g`risida shunchalik keng fikr yurita olamiz
- Buyuk ipak yo`li: shakillanish, rivojlanish bosqichlari: Ushbu mavzuda Buyuk ipak yo'lining shakllanish, rivojlanish jarayonlari, tarmoqlari va axamiyatni to`liq yoritib berish maqsad qilingan. O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlarning o`zaro bir-birini boyitishiga kuchli taʼsir ko`rsatgan, shaharlar va shaharsozlikning vujudga kelishiga, xunarmandchilik va madaniy qatlamlarning shakllanishiga bebaho hissa qo`shgan, ijtimoiy jarayonlarni harakatga keltirgan. Tarixiy ma'lumotlar tahlil qilinadi.
- Sovet xokimiyati davrida O`zbekistonning ma'naviy-madaniy qaramligi va uning oqibatlari: Sobiq ittifoqda olib borilgan mafkurachilik qabul qilingan qonunlarga qat'iy amal qilishni taqazo etmas edi. ayniqsa, milliy masalada, milliy kadrlar tayyorlash masalasida jiddiy kamchiliklar mavujud edi, bu borada quyidagi jarayonlarni yortishni maqsad qilib qo`yamiz. Mahalliy xalq vakillarining “xalq dushmani”, “sotsializm dushmani” degan tuhmatlar bilan qatag'on qilinishi fikrimizning dalilidir. Bu jarayonning ilk davri istiqlolchilar harakatini tugatish bilan tamom bo`lgan bo`lsa, 30 – yillarda Respublika, partiya va xukumat vakillarning ommaviy qatag'onlik qilinishi, 50 yillarning oxirlarida adabiyot va madaniyat xodimlarining bunday siyosat qurboni bo`lganligin, 80 – yillarda yana “Paxta ishi”, “O`zbeklar ishi” degan sohta gaplar bilan xalqimizning badnom qilinganligi qonunlarning buzulganligidir.
- O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash: Mustaqillik yillarida farovon va baxtli hayotni bizga kimdir yaratib bermasligin, balki o`z aqlimiz, kuchimiz bilan yaratishimiz lozimligini anglashni taqazo etadigan dunyoqarash shakllangani, bu savolarga javoblar izlanayotganligi ularni hal qilish choralariko`rilayotganligidan dalolat beradi. Mustaqillikning dastlabki kuchlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul – kredit tizimi shakllantirildi. Mustaqil O`zbekiston xazinasini to`ldiruvchi, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy manbai soliqdir. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdo`stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yish va rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir