Кompyuter grafikasi va animasiya

Ushbu kitob kompyuter grafikasi va animatsiyasi asoslarini, ularning turlarini, ishlatilish sohalarini, rang tushunchasini va modellarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda dasturiy ta'minotlar, modellashtirish usullari, video va komponovka bilan ishlash tizimlari ham batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi: Statik va dinamik tasvirlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, kompyuter grafikasi va animasiyasi atamalarining ma'nolari va ularning farqi.
  • Kompyuter grafikasi turlari: Rastrli va vektorli grafikalar, ularning xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari, hamda qaysi vazifalarda qo'llanilishi.
  • Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari: Poligrafiya, rang tasvir, taqdimot, animasiya, video va ilmiy vizuallashtirish sohalarida ishlatiladigan dasturlar va ularning imkoniyatlari.
  • Kompyuter grafikasida rang tushunchasi: Rangning inson ko'zi bilan idrok etilishi, rang modellari (RGB, CMYK, HSB/HSV) va ularning xususiyatlari.
  • Modellashtirish (2D va 3D): 2D va 3D modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun. Bunga WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin.
  • Video va komponovka bilan ishlash tizimlari: Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o'lchovli va uch o'lchovli grafikadan foydalangan holda ko'pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, murakkab(s'yomka) suratga olish jarayoni o'rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish.