Ижтимоий Таъминот Ҳуқуқи
Ushbu kitob ijtimoiy ta'minot huquqi fanini o'rganishga mo'ljallangan uslubiy qo'llanma bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta'minot tizimining asosiy masalalari, tushunchalari, turlari, manbalari, tamoyillari va huquqiy munosabatlari yoritilgan. Qo'llanma talabalarga ushbu fanni chuqur o'zlashtirishda yordam beradi hamda amaliyotchi xodimlar uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy misollar, test savollari va nazorat savollari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Ijtimoiy ta'minot huquqining tushunchasi va tizimi. Mehnat staji: Ijtimoiy ta'minotning tushunchasi, huquqiy shakllari, tamoyillari, manbalari, huquqiy munosabatlari, elementlari va amal qilish asoslari. Mehnat staji tushunchasi, turlari va ahamiyati. Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi.
- Yoshga doir pensiyalar: Yoshga doir pensiyalar tushunchasi va turlari. Umumiy asoslarda, imtiyozli shartlarda va muddatidan oldin tayinlanadigan yoshga doir pensiyalar. Ish staji to'liq bo'lmagan chog'da yoshga doir pensiya tayinlash. Yoshga doir pensiyalarni hisoblash, qayta hisoblash, tayinlash va to'lash tartibi.
- Nogironlik pensiyalari: Nogironlik tushunchasi. Nogironlik sabablari va turlari hamda ularning yuridik ahamiyati. Nogironlik pensiyasi tushunchasi. Nogironlik pensiyasini olishga bo'lgan huquqni belgilovchi shartlar. Nogironlik pensiyalarini hisoblash, qayta hisoblash, tayinlash va to'lash tartibi.
- Boquvchisini yo'qotganlik pensiyalari: Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tushunchasi va pensiya olish huquqiga ega bo'lgan shaxslar doirasi. Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini tayinlash shartlari. Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini hisoblash, qayta hisoblash, tayinlash va to'lash tartibi.
- Ijtimoiy ta'minot yo'li bilan tayinlanadigan nafaqalar: Ijtimoiy ta'minot bo'yicha tayinlanadigan nafaqalar tushunchasi va turlari. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha beriladigan nafaqalar. Budjetdan beriladigan nafaqalar. Nafaqalarni tayinlash va to'lash tartibi. Ijtimoiy yordam va uning boshqa turlari. Qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat va tibbiy yordam ko'rsatish.