ГЕОГРАФИЯ

Ushbu kitob geografiya fanini o'qitish metodikasiga, darsliklar va o'quv qo'llanmalariga, geografik bilimlarni shakllantirishga bag'ishlangan ma'lumotlar to'plamidir.

Asosiy mavzular

  • Geografiya faniga qo'yiladigan umumiy talablar: Geografiya xonasiga qo'yiladigan pedagogik, ilmiy, ruhiy-fiziologik, texnikaviy va gigiena talablar, shuningdek, xonaning o'quv-moddiy ta'minoti, jihozlariga qo'yiladigan talablarning mohiyati bayon etiladi.
  • Geografiya fanidan haritalar va yozuvsiz haritalar bilan ishlash: Magnitli va magnitsiz yozuvsiz xaritalar, ulardan foydalanish uslublari, dars jarayonida ulardan foydalanish tartibi va usullari haqida ma'lumot beriladi.
  • Kasb-hunarga yo'naltirish asoslari: O'quvchilarni kasbga yo'naltirishning ahamiyati, kasblar haqida ma'lumot berish, kasbga layoqatni aniqlash va kasbga ko'niktirish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Geografiya darslarida innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish: Darslarni loyihalash, "Blitz-o'yin" texnologiyasi, "Bumerang" texnologiyasi, "6x6x6" metodi kabi innovatsion yondashuvlar va pedagogik texnologiyalarning mohiyati, ularni geografiya darslarida qo'llash usullari tahlil qilinadi.
  • Geografiya ta'limida ishchanlik o'yinlaridan foydalanish: Ishchanlik o'yinlarining mohiyati, geografiya ta'limida qo'llaniladigan o'yin turlari, ulardan foydalanish usullari va variantlari keltirilgan.
  • Geografiya фani bo'yicha umumiy o'rta ta'lim komillashtirilgan DTSning maqsadi va uni joriy etish: Ushbu mavzuda geografiya ta'limining o'quvchilarga Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptirish, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatni o'zaro bog'liqligini geografik ob'ektlar, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantirish va geografik madaniyatni tarbiyalash masalalari yoritilgan.