Асосий органик синтез технологияси жараёнларининг назарий асослари
Kitobda organik sintez texnologiyasi jarayonlarining nazariy asoslari batafsil yoritilgan. Unda kimyoviy reaksiyalar kinetikasi, muvozanati, kataliz, erituvchilarning ta'siri, radikal jarayonlar va boshqa muhim mavzular chuqur o'rganilgan. Har bir mavzu nazariy jihatdan asoslangan va amaliy misollar bilan mustahkamlangan.
Asosiy mavzular
- Organik reaksiyalarning kimyoviy muvozanati: Ushbu bobda organik reaksiyalarning muvozanat holati, muvozanat konstantasi, unga ta'sir etuvchi omillar, muvozanatni hisoblash usullari va tajribalar asosida aniqlash kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Organik reaksiyalar kinetikasi: Reaksiyalar tezligi, unga ta'sir etuvchi omillar, oddiy va murakkab reaksiyalar kinetikasi, oqimda boradigan reaksiyalar, reaksiya tartibi va nazariyasi, temperatura ta'siri, kinetik tekshirish usullari va tajriba qurilmalari haqida ma'lumot berilgan.
- Gomogen-katalitik reaksiyalar: Bu bobda nukleofil kataliz, uning mexanizmi, reaksiyalari, selektivligi, kislota-asos va elektrofil kataliz mexanizmlari, organik reaksiyalarda o'zgaruvchan metallar komplekslari va ularning katalizatorlikdagi roli va kinetikasi ko'rib chiqiladi.
- Zanjir reaksiyalar: Zanjir reaksiyalarning hosil bo'lishi, aktiv markazlar, zanjirning uzilishi, tarmoqlanmagan va tarmoqlangan zanjir reaksiyalari kinetikasi va kimyoviy reaksiyalar tezligiga erituvchilar ta'siri batafsil yoritilgan.
- Geterogen fazali reaksiyalar: Geterofazali reaksiyalarning borish kinetikasi, geterogen fazada (yuqori tezlik bilan boruvchi) reaksiyalarda diffuziya jarayoni mexanizmi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Geterogen-katalitik reaksiyalar: Geterogen katalizatorlar, geterogen-katalitik reaksiyalari katalizida adsorbtsiyalanish, geterogen-katalitik reaksiyalar mexanizmi, geterogen-katalitik reaksiyalar kinetikasi asoslari va geterogen-katalitik reaksiyalar selektivligi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Kimyoviy jarayonlarni o'tkazishda kinetik modellarning qo'llanilishi: Reaktorlar va ularning solishtirma unumdorligi, texnologik jarayon parametr reaktorlarni solishtirma unumdorligiga ta'siri, murakkab reaksiyalar selektivligi va jarayonlar selektivligiga temperatura ta'siri haqida ma'lumotlar berilgan.