Informatika va axborotlar tеxnologiyasi

Ushbu kitobda "Informatika va axborotlar texnologiyalari" yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kunduzgi bo‘lim talabalari uchun tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha yoriqnomalar va tajriba ish variantlari keltirilgan. Kitobdan mustaqil o‘rganuvchi talabalar, magistrlar va o‘qituvchilar foydalanishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Algoritmlash asoslari: Algoritm tushunchasi, xossalari, ifodalash usullari (so'z bilan, blok-sxema shaklida). Chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar yaratish va ularni sozlash ko'nikmalari.
  • Takrorlanuvchi jarayonlar: Takrorlanuvchi (siklli) jarayonlar. Iterativ jarayonlar, maksimum va minimumlarni topish algoritmlari, ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar. Yig'indi, ko'paytma va faktoriallarni hisoblash algoritmlarini tuzish.
  • Dasturlash asoslari: Standart funksiyalar. Turli ifodalarni BEYSIK (PASKAL) dasturlash tilida yozilishi. Chiziqli va tarmoqlanuvchi algoritmlarni dasturlash.