Саноат гигиенаси ва санитарияси
Ushbu kitob farmatsevtika institutlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, sanoat gigiyenasi va sanitariyasi fanini o'rganishda qo'llanma sifatida xizmat qiladi. Kitobda gigiyenaning asosiy tushunchalari, fan sifatida rivojlanishi, O'rta Osiyoda gigiena tarixi, gigienik tekshirish usullari, farmatsevtika sohasida gigienaning ahamiyati, shuningdek atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta'siri masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Gigiena faniga kirish: Gigiena fanining predmeti, vazifalari, rivojlanish tarixi, O'rta Osiyoda gigiena, gigienik tekshirish usullari, farmatsevtika sohasida gigienaning ahamiyati.
- Atrof-muhit gigienasi: Inson va atrof-muhit gigienasi, havo, suv, tuproqning gigienik ahamiyati, iqlim va ob-havoning inson salomatligiga ta'siri.
- Sanoat gigienasi: Sanoat korxonalarida mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish omillarining xavfli ta'siri, kasbiy kasalliklar, mehnat gigienasining vazifalari.
- Radiatsion gigiena: Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, ichki va tashqi nurlanish, nurlanishni ro'yxatga olish usullari, radiatsiya xavfsizligini ta'minlash tadbirlari.
- Oziqlanish gigienasi: Ratsional ovqatlanish prinsiplari, oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, vitaminlar, minerallar, ovqatlanish rejimi.