Nyuton ko’pyoqligi

Ushbu kitobda Nyuton ko'pyoqligi va uning ossilyator integrallari hamda muvofiqlashgan koordinatalar sistemalari bilan bog'liqligi o'rganilgan. Asosiy maqsad faza funksiyasining muvofiqlashgan koordinatalar sistemasida Nyuton ko'pyoqlikning diskret xarakteristikalari bilan bog'liqligini tadqiq qilishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Nyuton ko'pyoqligi: Nyuton ko'pyoqligi, natijalar muhokamasi, zarur ta'riflar va belgilashlar, tayanch chiziqqa mos keluvchi f ning bosh qismi va kvazibirjinsli ko'phadlar hamda Nyuton diagrammasini o'zgaruvchilarni almashtirish ta'sirida almashtirilishi masalalari ko'rilgan.
  • Faza funksiyalar uchun muvofiqlashgan koordinatalar sistemasining mavjudligi: Faza funksiyalar uchun muvofiqlashgan koordinatalar sistemasining mavjudligi, haqiqiy analitik hol, Nyuton ko'pyoqligini ildizlar yordamida tavsiflash, analitik funksiyalar uchun muvofiqlashgan koordinatalar sistemalarining mavjudligi va silliq bo'lgan holatlar o'rganilgan.