Материаллар қаршилиги

Ushbu kitob materiallar qarshiligi faniga oid boʻlib, unda konstruksiyalarning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligini hisoblash usullari, zoʻriqish va deformatsiyalarni aniqlash kabi masalalar oʻrganiladi. Kitob, qurilish muhandisligi talabalariga materiallar qarshiligi fanini oʻrganishda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Fanning predmeti, vazifalari, asosiy tushunchalar va gipotezalar ko'rsatilgan
  • Cho'zilish va siqilish: Cho'zilish va siqilishdagi kuchlanish, deformatsiya, kuchlanishning taqsimlanishi va mustahkamlik shartlari haqida ma'lumot berilgan
  • Murakkab kuchlanish holati: Murakkab kuchlanish holatlari, ularning turlari va tahlil usullari ko'rsatilgan
  • Siljish: Siljish deformatsiyasi, kuchlanishlar taqsimoti va mustahkamlik shartlari o'rganilgan
  • Tekis kesim yuzalarining geometrik harakteristikalari: Kesim yuzalarining statik momentlari, inersiya momentlari, markazdan qochirma momentlari va boshqa geometrik xarakteristikalari keltirilgan
  • Buralish: Doiraviy kesimli sterjenlarning buralishi, kuchlanish va deformatsiya taqsimoti, mustahkamlik shartlari ko'rib chiqilgan
  • Tekis egilish: Tekis egilishda kuchlanish, deformatsiya, mustahkamlik va bikrlik shartlari, epyuralar qurish usullari bayon etilgan
  • Statik anikmas balkalarni hisoblash: Statik anikmas sistemalarni ochish usullari, kuchlar usuli va deformatsiyalarning moslashuvchanlik shartlari keltirilgan
  • Elastik ko'chishni energetik usulda aniklash teoremalari: elastik sistemaning potensial energiyasi, o'zaro ta'sir qonuniyatlari, Klapieron teoremasi kabi tushunchalar keltirilgan
  • Ochiq profilli yupqa devorli sterjenlarning hisobi: Yupqa devorli sterjenlar, tekis kesimlar, kuchlanishlar, Deformatsiyalar va yuklar haqida ma'lumotlar berilgan
  • Egri bruslar hisobi: Egri bruslarda kuchlanish va zo'riqish, taranglik ta'siri va shakli haqida ma'lumot berilgan
  • Dinamik yuklar ta'siridagi elementlarning mustahkamligi: Dinamik yuklar, inersiya kuchlari, kuchlanishlar va deformatsiya haqida ma'lumotlar berilgan