Менежмент асослари

Ushbu kitob O'zbekistonda menejment nazariyasi va amaliyotining turli jihatlarini yorituvchi qo'llanma bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda menejmentning mohiyati, funksiyalari, usullari, tashkiliy tuzilmalari, qaror qabul qilish, motivatsiya, liderlik, kommunikatsiya, axborot texnologiyalari, xavf-xatarlarni boshqarish, sifat menejmenti va boshqa dolzarb mavzular ko'rib chiqiladi. O'quv qo'llanma bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini o'rganishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Menejment fanining maqsadi va vazifalari: Menejment fanining predmeti, obyekti, subyekti, usullari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Menejmentning asosiy tushunchalari, tamoyillari va vazifalari bayon etiladi.
  • Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari: Ilmiy menejment maktabi, ma'muriy menejment maktabi, insoniy munosabatlar maktabi, miqdoriy va zamonaviy menejment maktablari kabi menejment nazariyasining asosiy yo'nalishlari tahlil qilinadi.
  • Boshqaruvning tashkiliy tarkibi: Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning elementlari, umudavlat organlari, mahalliy organlar, tarmoq organlari va jamoat tashkilotlari.
  • Boshqaruv maqsadi va funksiyalari: Boshqaruvning maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, ularning turlari va o'zaro bog'liqligi.
  • Boshqaruv qonunlari va tamoyillari: Iqtisodiy qonunlar, menejment prinsiplari, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatni boshqarish tamoyillari.
  • Boshqaruv usullari: Tashkiliy-ma'muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari.
  • Menejer madaniyati va ish uslubi: Menejer madaniyatining elementlari, menejer va rahbarlik uslubi, rahbarning ish uslubi va boshqarishdagi roli, rahbar fazilatlari.
  • Boshqaruv qarorlari va ularni ishlab chiqish: Boshqaruv qarorlarining mohiyati, turlari, ularni ishlab chiqish va qabul qilish, ijro etish va nazorat qilish.
  • Strategik boshqaruv va rejalashtirish: Strategiya, strategik boshqaruv, strategik reja, ularni tanlash va amalga oshirish.
  • Ishlab chiqarish jamoasini boshqarish (kadrlar menejmenti): Kadrlar siyosati, kadrlarni baholash, tanlash, joy-joyiga qo'yish va takomillashtirish.
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning faoliyatini boshqarish: Korxonalar va ularning vazifalari, ta'sis etish tartibi, mulki, xo'jalik mexanizmi.
  • Motivlashtirish: Motivatsiya, ehtiyojlar, motivlashtirish modellari va strategiyalari.
  • Boshqaruv vakolatlari: Vakolat, uning zarurati, turlari, murosa keltiruvchi apparatlar.
  • Nizo va stressni boshqarish: Nizo jarayoni, sabablari, turlari, bosqichlari, oqibatlari va ularni bartaraf etish yo'llari. Stress va uni boshqarish.
  • Tavakkalchilikni boshqarish: Tavakkalchilikda xavf, suğurta bilan bog'liq va bog'liq bo'lmagan xavflar, tavakkalchilik turlari va ularni boshqarish.
  • Boshqarishda axborot va kommunikatsiya: Axborot tizimi, kommunikatsiya, hujjatlar va ularni yuritish.
  • Boshqaruv samaradorligi: Boshqaruv samaradorligi tushunchasi, iqtisodiy ko'rsatkichlari va ijtimoiy samaradorligi.
  • Korxonani umumiy va ishlab chiqarish strukturasi: Ishlab chiqarish tushunchasi va strukturasi, turlari va tashkil etish usullari, korxonalar bosh rejasi.
  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo'nalishlari: Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy ommillari, iqtisodiyot rejimi, resurslarni solishtirma sarfini kamaytirish va ishlob chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
  • Korxonada kadrlar, bandlik va mehnat unumdorligi: Kadrlar siyosati, kadrlar tarkibi, mehnatni normallashtirish uslublari, mehnat unumdorligi va bandlik tushunchasi.
  • Aylanma fondlar va korxona aylanma vositalari: Aylanma fondlar tarkibi, ular bilan boğliq muhim ma’lumotlar
  • Mahsulot sifati, standartlash va sertifikatlashtirish: Mahsulot sifati tushunchasi va ko’rsatkichlari, mahsulot sifatini boshqarish, mahsulotni standartlash va sertifikatlashtirish.