HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Ushbu kitob "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanidan leksiyalar kursini o'z ichiga oladi. Unda O'zbekiston Respublikasida hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mehnatni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar fuqarolarni muhofaza qilish, yong'in xavfsizligi va tibbiy birinchi yordam koʻrsatish yo'llari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitob barcha ta'lim yoʻnalishlaridagi bakalavriatura talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari: Ushbu mavzuda hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasining mohiyati, inson faoliyatidagi tutgan oʻrni, xavfni oshiruvchi asosiy omillar, fanning maqsad va vazifalari ko'rib chiqiladi.
  • Oʻzbekistonda hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari: Ushbu mavzuda hayot faoliyatini xavfsizligining huquqiy asosini tashkil etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qaror va me'yoriy hujjatlari, fuqaro mehnat muhofazasi qonunlari, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qaror va me'yoriy hujjatlari o'rganiladi.
  • Hayot faoliyatida xavfsizligida mehnat muhofazasi: Ushbu mavzuda mehnat muhofazasida fuqaro mehnat sharoiti xavfsizligini ta'minlash, mehnat xavfsizligi standartlar tizimi hamda mehnat xavfsizligi tadbirlarini yaratish va ularning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligi ko'rib chiqiladi.
  • Hayot faoliyatini xavfsizligini nazorat qilish, boshqarish va moliyalashtirish: Ushbu mavzuda hayot faoliyatini xavfsizligi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati, mehnatni nazorat qilishning davlat nazorat tashkilotlari va jamoat nazorati hamda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, moliyaviy taʼminlash o'rganiladi.
  • Ma'muriyatning xavfsiz va sog'lom ish sharoiti tashkil qilish majburiyatlari: Ushbu mavzuda sog'lom ish sharoitini tashkil qilish majburiyati, mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini buzganlik uchun javobgarlik hamda ishchi-xodimlarni xavfsiz ishlash usullariga oʻrgatish ko'rib chiqiladi.
  • Ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili: Ushbu mavzuda ishlab chiqarishda jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari haqida tushuncha, jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, korxona, tashkilotlarda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va hisobga olish o'rganiladi.
  • Mehnatni muhofaza qilishda ergonomika, metereologiya talablari va sharoitlari: Ushbu mavzuda mehnatni muhofaza qilishda ergonomika, metereologiya talablari va sharoitlari, xavfsizlikni ta'minlashda psixologiya, zaharli moddalar va kasb kasalliklarini ogohlantirish, changning zarari, mikroiqlimning, yoritish, isitish va shamollatish qoida va talablari hamda ishlab chiqarishdagi shovqin, titrash, tebranish, nurlanish va sanoat chiqindilaridan himoyalanish ko'rib chiqiladi.
  • Ishlab chiqarishda texnik-texnologik xavfsizligi: Ushbu mavzuda xizmat koʻrsatish sohasi korxonalari bino, inshootlariga qoʻyilgan talablar, texnologik uskuna, moslama, qurilma-apparatlarning xavfsizligi hamda korxonalarda yuk ko'tarish, tashish transportlari va moslamalaridan foydalanish xavfsizligi ko'rib chiqiladi.
  • Oʻzbekistonda favqulodda vaziyatlardan fuqaro muhofazasini tashkillashtirishi: Ushbu mavzuda favqulodda vaziyatlarning turlanishi, Oʻzbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda favqulodda vaziyatlarning asosiy tushunchalari o'rganiladi.
  • Hozirgi zamon urushining xususiyatlari va undagi fuqaro muhofazasi: Ushbu mavzuda hozirgi zamon urushida qo'llaniladigan ommaviy qirgʻin qurollar va ularning keltirib chiqaradigan oqibatlari hamda fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari ko'rib chiqiladi.
  • Fuqaro muhofazasida qoʻllaniladigan nazorat va shaxsiy dozimetrik asboblar, individual himoya vositalari: Ushbu mavzuda fuqaro muhofazasi kuchlari ixtiyoridagi radiatsion razvedka va dozimetrik asboblar, kimyoviy nazorat va shaxsiy dozimetrik asboblar tavsifi va qoʻllash tartibi, xalq xoʻjalik ob'ektlarida radiatsion va kimyoviy holatni baholash uslublari hamda shaxsiy himoya vositalari va ularni qoʻllash o'rganiladi.
  • Tabiiy favqulodda vaziyatlar tavsifi va fuqaro muhofazasi: Ushbu mavzuda tabiiy favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va falokatli oqibatlari, xavfli geologik hodisa-zilzila oqibatlarini kamaytirish chora-tadbirlari hamda favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf etishdagi kechiktirib boʻlmas ishlar ko'rib chiqiladi.
  • Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tavsifi va fuqaro muhofazasi: Ushbu mavzuda gidrotexnik ob'ektlardagi favqulodda vaziyatlar va halokatlar hamda ulardan aholi, hududlarni muhofaza qilish, transport, energetika va kommunal tizimlardagi favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofaza qilish hamda kimyoviy va radiatsion xavfsiz ob'ektlardagi favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofaza qilish o'rganiladi.
  • Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni axborot va turli tadbirlarning bajarilishi: Ushbu mavzuda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda turli vazirliklar va idoralarning aloqa va xabar berishni tashkillashtirish, fuqaro muhofazasi boʻyicha turli tadbirlar oʻtkazilishi va ularga qoʻyilgan asosiy talablar hamda fuqaro muhofazasi tadbirlarini moddiy-texnik ta'minlash, moddiy-texnik tizimlar vazifalari ko'rib chiqiladi.
  • Fuqaro muhofazasida xalqaro hamkorlik: Ushbu mavzuda xorijiy mamlakatlarda fuqaro muhofazasi tizimi xususiyatlari va faoliyatlari hamda Yevropa va MDH mamlakatlarida muhofaza qilish tizimi faoliyati o'rganiladi.
  • Yongʻin xavfsizligi va uni oʻchirish: Ushbu mavzuda yong'in haqida umumiy tushunchalar va uning inson hayotiga xavfi, yong'in va portlashlar xavfi boʻyicha materiallar tavsifi, yonish fazalari, yong'in davrida qilinadigan ishlar va uni oʻchirish hamda o't o'chirish asboblari va vositalari, ularga qoʻyilgan talablar ko'rib chiqiladi.
  • Yongʻinni oldini olish chora tadbirlari: Ushbu mavzuda yongʻinni oldini olishdagi muntazam olib boriladigan ishlar, yong'inga qarshi korxona, tashkilotlarda ishlarni tayyorlash, shay holatda boʻlish hamda ishlab chiqarish binolari va inshootlarida yong'in xavfsizligi talablari o'rganiladi.
  • Yong'in xavfsizligini tashkil etishda ma'muriy-texnik xizmatchilarning majburiyat va huquqlari: Ushbu mavzuda ma'muriy-texnik xizmatchilar majburiyati va huquqlari hamda yonuvchi moddalarni korxona omborlarida saqlash qoidalari, yong'inga qarshi kurash xizmatchilarini tashkil etish ko'rib chiqiladi.
  • Jarohatlanganlarga dastlabki tabiiy yordam koʻrsatish: Ushbu mavzuda dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish va uning vositalari, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish turlari, zaharlanish, kuyish, suyaklar sinishi sovuq urishi, elektr toki urishi, choʻkishda tibbiy yordam berish hamda hashoratlar va hayvonlar zarar yetkazishdagi birinchi tibbiy yordam o'rganiladi.