Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси
Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalari (OTM) talabalari, adabiyot o'qituvchilari, bakalavriat bosqichidagi talabalar va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan. Kitobda mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasining nazariy va amaliy asoslari, xususan adabiyot ta'limi metodlariga urg'u beriladi.
Asosiy mavzular
- Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi: Mazkur mavzu mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasining fan sifatidagi o'rnini ochib beradi. Adabiyot o'qitishning metodlari, adabiyotshunoslikka oid maxsus fanlarni ta'limning turli tizimlarida o'qitishning o'ziga xosliklari yoritiladi.
- O'quv rejalari va o'quv metodik ishlarini rejalashtirish: Ushbu mavzu mutaxasislik fanlari bo'yicha o'quv rejalari, o'quv metodik, ilmiy-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish haqida tushuncha beradi.
- Mashg'ulot rejalari va ma'ruza matnlarini tuzish: Mavzuda mashg'ulot rejalari va ma'ruza matnlari tuzish, ularga qo'yiladigan ilmiy-metodik talablar bilan tanishtiriladi.
- Oliy ta'limda mashg'ulotlarni tashkil etish yo'llari: Ushbu mavzu oliy ta'lim muassasalarida (OTM) mashg'ulotlarni tashkil etish yo'llarini, ularga qo'yiladigan talablarni o'rganadi.
- Maxsus fanlarni o'rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish usullari: Talabalarni maxsus fanlarni o'rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish usullari bilan tanishtiriladi.
- Alohida o'quv predmetlarini turli bosqichlarida o'rganishning o'ziga xos hususiyatlari: Talabalarni oliy ta'limdagi mashg'ulotlarni tashkil etish metodikasi bilan tanitirish va turli bosqichlarda ularning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish haqida ma'lumot berish
- Qadimgi turkiy adabiyotni o'rganish: Mazkur mavzu Qadimgi turkiy adabiyot, uning o'ziga xosliklari, yodgorliklari to'g'risida ma'lumot beradi.