Hududiy majmualarning nazariy asoslari
Ushbu kitob hududiy majmualarni tashkil etish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning nazariy asoslariga bag'ishlangan. Unda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida mintaqaviy siyosat, sanoat va qishloq xo'jaligini joylashtirishning ekologik jihatlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob iqtisodiyot, geografiya va mintaqashunoslik sohalari bo'yicha talabalarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish: Ishlab chiqarish kuchlari, joylashtirish va hududiy tashkil qilish tushunchalari. Hududiy tashkil qilish mohiyati, tizim-tarkib qoidalari, aloqadorlik, tartib va boshqaruv masalalari.
- Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish: Bozor iqtisodiyotining mohiyati, munosabatlarning shakllanishi, yangi sharoitda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, iqtisodiyot va davlatning o'rni.
- Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish: Hududiy mehnat taqsimoti, geografik mehnat taqsimoti omillari, bosqichlari. Iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy mehnat taqsimoti.
- Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar: Ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy omillari: tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya va ularning o'zaro ta'siri.
- Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g'oyalari: Merkantelizmdan fritredizmga, I. Tyunen va A.Veber g'oyalari, Kristaller-Lyosh nazariyasi, yangiliklarning hududlar bo'ylab tarqalish g'oyasi.
- Sanoatning hududiy tashkil qilish omillari: Sanoat tarmog'i, hududiy tashkil qilish xususiyatlari, unga ta'sir qiluvchi omillar. Og'ir va yengil sanoat tarmoqlarini joylashtirish.
- Qishloq xo'jaligi tarmoqlarining joylanishi: Qishloq xo'jaligining ijtimoiy va hududiy tashkil qilish xususiyatlari. Dehqonchilik va chorvachilikning joylanishi.
- Transportni joylashtirish: Transportning xo'jalik tizimidagi o'rni, ishlab chiqarishni joylashtirishda transportning roli, tarmoqlarning joylanish omillari, O'zbekiston transporti.
- Aholining joylashuvi: Aholining ijtimoiy ishlab chiqarishdagi o'rni, o'ziga xos xususiyatlari, ta'sir qiluvchi omillar, hududiy tizimlari va manzilgohlarning tiplari.
- Aholiga xizmat ko'rsatish sohalarini joylashtirish: Aholiga xizmat ko'rsatish va ijtimoiy infratuzilma, sohalarining tarkibi, servis ob'ektlarini joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar, hududiy majmualari.
- Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va shaharlar rivojlanishi: Shaharlar-hududiy mehnat taqsimotining natijasi, vujudga kelish omillari, ishlab chiqarishni joylashtirishda shaharlarning roli, rayon va majmua hosil qilish funktsiyasi.
- Ishlab chiqarishni joylashtirishning ekologik muammolari: Tabiiy ekologiyadan ijtimoiy ekologiyaga, sanoat tarmoqlarining ekologik tavsiflari, qishloq xo'jaligi va transport joylashuvining ekologik jihatlari, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy-ekologik asoslari.
- Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va mintaqaviy siyosat: O'tish davrida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, mintaqaviy siyosatning mohiyati va shakllari, O'zbekiston Respublikasining mintaqaviy siyosati.
- Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni bashorat qilish va mintaqaviy dasturlash: Hozirgi sharoitda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni rejalashtirish, prognozlash va uning metodlari, mintaqaviy diagnostika, mintaqalar rivojlanishini dasturlash.