Замонавий ташкилотларда ходимларни бошқариш

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlari talabalari va xodimlarni boshqarish sohasida bilimini oshirishga qaratilgan. Unda xodimlarni oqilona boshqarish asoslari, rivojlanish tendentsiyalari, strategik boshqaruv, boshqarish tizimlari, an’anaviy va noan’anaviy ish haqi to’lash usullari kabi masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Xodimlarni oqilona boshqarish asoslari: Xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari, rahbar xodimning faoliyati va boshqaruv tsikli, xodimlarni boshqarish jarayonlari, amaliy holatlar tahlili va testlar.
  • Xodimlarni boshqarish vazifalarini rivojlanishi: Jamoani boshqarishning qisqacha tarixi, Sobiq sovet davlatida inson resurslarini boshqarish, Zamonaviy korporatsiyalarda xodimlarni boshqarish vazifalari, Jamoani kim boshqarishi kerak: bo‘lim rahbarlarimi yoki inson resurslari mutaxassislari, amaliy holat tahlili.
  • Xodimlarni strategik boshqarish: Xodimlarni boshqarish majmuasi, Xodimlarni boshqarish va tashkilotni rivojlantirish strategiyasi, Jamoa sonini rejalash, Amaliy holatni tahlil qilish.
  • Xodimlarni boshqarish tizimlari: Boshqarishning ma’muriy-tashkiliy uslublari, Boshqarishning iqtisodiy uslublari, Boshqarishning ijtimoiy uslublari, Boshqarishning ruhiy uslublari, Amaliy holatlarni tahlil qilish.
  • An’anaviy haq to‘lash tizimi: Haq to‘lash tizimining maqsadlari, An’anaviy haq to‘lash tizimi, Imtiyozlar tizimini boshqarish, Amaliy holat tahlili.
  • «Noan’anaviy» ish haqi to‘lash usullari: O‘zgaruvchan haq to‘lash tizimlari, Guruhli ish haqi to‘lash usullari, Bilim va omilkorlikka haq to‘lash, Ish haqi to‘lash sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar, Amaliy holat tahlili.
  • Kadrlarni samarali boshqarish tizimi: Jamoani boshqarish tizimi bilan tashkilot maqsadlarining bog‘lanishi, Tizimni tashqi muhit holatiga va tashkilot madaniyatiga mos tushishi, Jamoani boshqarish tizimining yaxlitligi, Boshqarish jarayonida tashkilot rahbariyatining qatnashishi, Jamoani boshqarish xizmatini rivojlanishi va omilkorlik.