Topografiya asoslari va kartografiya

Ushbu kitob topografiya va kartografiya fanlarining asosiy tushunchalari, vazifalari va usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda Yerning shakli va kattaligi, kartografik proyeksiyalar, relyefni tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya, plan olish, nivelirlash va kompas bilan ishlash kabi mavzular batafsil yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari va topografiya, geodeziya, kartografiya sohalariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Topografiya va kartografiya fanlarining maqsadi va vazifalari: Topografiya va kartografiya fanlarining maqsadi, vazifalari, geodeziyaning tarmoqlarga bo'linishi, geodeziyaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi, ahamiyati, tarixi va rivojlanishi.
  • Yerning shakli va kattaligi. Geodezik tayanch shaxobchalari: Yerning geografik va nazariy yuzasi, shakli, geoid, ellipsoid haqida ma'lumotlar. Er sharining o'lchamlari, kattaligini aniqlash, gradus o'lchashlar, geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish usullari.
  • Topografiyada qo'llaniladigan koordinatalar sistemasi: Geografik koordinatalar (kenglik va uzunlik), bosh meridian, ekvator. To'g'ri burchakli koordinatalar sistemasi, ordinata va absissa o'qlari. Yer sharining 6 gradusli zonalarga bo'linishi.
  • Plan va karta. Masshtab: Plan va kartaga qo'yiladigan talablar. Erning tabiiy yuzasini tekislikda tasvirlash, gorizontal proeksiya. Plan haqida tushuncha, karta va planlarning farqi. Masshtab va uning turlari.
  • Topografik kartalarning varaqlarga bo'linishi va nomenklaturasi: Yer sharini 6-gradusli zona va 4 gradusli qatorlarga bo'lish. Xalqaro nomenklatura. Turli masshtabli kartalar nomenklaturasi.
  • Topografik kartalarda relyefning tasvirlanishi: Yer tabiiy yuzasining tuzilishi. Relyefni topokartalarda tasvirlash, otmetka usulida, gorizontallar usulida, shartli belgilar usulida tasvirlash.
  • Oriyentirlash: Oriyentirlash burchaklari. Oriyentirlashning boshlang'ich yo'nalishlari. Geografik va magnit azimutlari. Direksion burchak. Meridianlar yaqinlashish burchagi. Rumblar. To'g'ri va teskari oriyentirlash burchaklari.
  • Plan olish turlari. Tartibi va usullari: Konturli, vertikal, topografik, instrumental, fototopografik, stereofotogrammetrik, aerofototgrafik plan olish. Plan olish tartibi va usullari.
  • Nivelirlash va uning turlari: Geometrik, oldinga, o'rtadan nivelirlash, oddiy, murakkab nivelirlash. Piket, stansiya. Maydonni geometrik nivelirlash. Trigonometrik, taxeometrik, barometrik nivelirlash.
  • Teodolit va u bilan plan olish: Teodolit turlari, tuzilishi, ishlatilishi. Teodolitni sinash va tekshirish. Teodolit bilan gorizontal burchaklarni o'lchash, natijalarni jurnalga yozish. Teodolit yo'llari. Tavsilotlarni planga olish jurnali.
  • Oddiy asboblar bilan gorizontal plan olish: Gorizontal plan olishda ishlatiladigan oddiy asboblar: ekker, bussol, maktab uglometri. Ularning tuzilishi va u bilan plan olish.
  • Ko'z bilan chamalab plan olish: Ko'z bilan chamalab plan olish haqida tushuncha. Asboblar va qurollar. Bajarish uslubiyoti. Qadamlar masshtabi.
  • Aerofotos'yomka: Aerofotosurat markaziy proyeksiya sifatida. Aerosuratlarning turlari, masshtabi. Aerosuratlarni deshifrofka qilish. Fototopografik plan olish ishlari.
  • Umumgeografik kartalar va ularning elementlari: Geografik kartalarning tuzilishi va undan foydalanish. Kartalarning har bir elementini o'rganish, ularning vaziflari va ahamiyati. Geografik elementlar: suv ob'ektlari, relyef, o'simlik qoplami va grunti, aholi manzilgohlari.
  • Kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari: Kartografik belgilar, ularning funksiyasi va qo'llanilishi. Tasvirlash usullari: belgilar, chiziqli belgilar, ranglar, nuqtalar, oreallar, harakatdagi belgilar, kartodiagramma, kartogramma, relyefni raqamli modellari.
  • Kartografik proyeksiyalar klassifikasiyasi turlari: Kartografik proyeksiyalarning xatolik xususiyatlari va kartografik turlarga qarab bo'linishi: teng burchakli, teng maydonli, ixtiyoriy proyeksiyalar. Kartalar uchun proyeksiyalarni tanlash.
  • Kartografik generalizasiya: Generalizasiyaning mohiyati va omillari. Generalizasiyaning turlari va usullari. Kartografik belgilarning generalizasiyaga ta'siri. Karta mazmunining generalizasiyaga ta'siri.