Йўналишга кириш

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida metallurgiya ta'limi va sanoatining rivojlanish tarixi, bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan. Unda metallurgiya fanining asosiy tushunchalari, metallarning xossalari, ularni ishlab chiqarish usullari, respublikadagi kon-metallurgiya korxonalari faoliyati va ekologik muammolar yoritilgan. Kitob talabalar, o'qituvchilar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Metallurgiyaga kirish: Metallurgiya fanining xalq xo'jaligidagi ahamiyati, sanoatning tuzilishi, metallarning turlanishi, ularning texnikada ishlatilishi, asosiy rangli va qora metallarning rudalari va minerallari haqida tushunchalar beriladi. Foydali qazilmalarga ishlov berish, rudalarni boyitish, metallurgik qayta ishlashga tayyorlash, metallurgik jarayonlar va ularni turlanishi ko'rib chiqiladi.
  • Metallurgik jarayonlar va ularning tavsifi: Metallurgik jarayonlar va ularning tasnifi, pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya jarayonlarida boradigan fizika-kimyoviy o'zgarishlar, metallurgik jarayonlarda ishlatiladigan mashina-mexanizmlar, uskunalar va pechlar haqida ma'lumot beriladi. Navoiy, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, ularning tarixi, tuzilishi va O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni yoritiladi.
  • Metallurgiyada ekologik muammolar: Metallurgiya korxonalarida ekologik muammolar, suv va havo havzalarini muhofaza qilish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Metallurgiya haqida umumiy ma'lumotlar: Metallurgiya va metallar haqida umumiy tushunchalar berilib, metallurgiya sanoatining tashkil etilishi, davlatimiz xalq xo'jaligidagi ahamiyati, metallarning asosiy xossalari, ularning sanoatlashgan tasnifi, metallarning xalq xo'jaligida, texnikada ishlatilishi va ularni ishlab chiqarish usullari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • O'zbekistonda metallurgiya: O'zbekiston hududida qadimgi davr metallurgiyasi, metall ishlab chiqarishning boshlanishi, Qizilqum vohasi, Chirchiq, Ohangaron vodiysi, Olmaliq va Angren sanoat rayonlaridagi qadimgi metallurgiya izlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.