Umumiy tilshunoslik
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari uchun nashr etilgan "UMUMIY TILSHUNOSLIK" fanidan ma'ruza matnlaridan iborat. Kitobda tilshunoslik fanining asosiy masalalari, tarixi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, jahon va O‘rta Osiyo tilshunosligining yirik vakillari va ularning nazariyalari haqida ma’lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Tilshunoslik tarixi va uning davrlarga bo`lininshi: Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta'limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga kelganligi haqida ma'lumot beriladi. O`rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O`rta Osiyoda taraqqiy qilgan.
- Qadimgi hind tilshunosligi: Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinishi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan e`tirof etiladi. Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi.
- Qadimgi yunon tilshunosligi: Qadimgi Yunoniston Ovrupo tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi. Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomo-nidan o`rganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon bo`ladi.
- Arab tilshunosligi. Kufa va Basra_maktablari: Arab tilshunosligi o`z taraqqiyoti davrida hind va yunon tilshunosligi yutuqlariga, o`z an'analariga tanqidiy va ijobiy yondashgan. Arablar o`z tillarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ulardan foydalanganlar.
- O`rta Osiyoda tilshunoslik: O`rta Osiyolik mashur allomalarning jahon madaniyati, ma`rifati, ilm-faniga qo`shgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg`ariy, Mahmud az- Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning tilshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir.
- Evropada uyg`onish davridagi tilshunoslik: Uyg'onish davri tilshunosligi XV-XVIII asrlarni o`z ichiga oladi. Uyg'onish davrining boshlanishi bilan cherkovning obro`-e`tibori susayib, antik davrga bo`lgan e`tibor, qiziqish, uni qadrlash kuchaya bordi. Anig`i, Uyg'onish davrining vakillari, ziyolilari yunon va rimliklarning boy milliy madaniyatiga murojaat qila boshlashdi.
- Vilgelm fon Gumboldt va umumiy tilshunoslikning vujudga kelishi: V.Gumboldt umumiy, nazariy g`oyalardan, qarashlardan chetlashib, asosan, faktlar yig`ish, ularni qiyoslash, ular orasidagi munosabatlarni, bog`liqliklarni aniqlash bilan shug'ullangan bo`lsa, V.Gumboldt nazariy, falsafiy g`oyalar bilan, tilning ilmiy nazariyasini yaratish bilan mashg'ul bo'ldi.
- Tilshunoslikda naturalizm oqimi: Shleyxer tilshunoslikdan tashqari botanika va falsafa kabi fanlarni ham o`rgandi. U dastlab Bonn, so`ngra Praga, Ien universitetlarining dotsenti va professori sifatida ma`ruzalar o`qidi, 1858 yilda Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a`zosi bo`ldi.
- Tilshunoslikda psixologizm oqimi: Psixologizm naturalizmni qattiq tanqid ostida oldi. Psixologizm naturalizmdan farqli unga zid holda tilni xudoning yoki odam ruhining aksi, ko`rinishi, ifodasi deb talqin qildi. Shunga ko`ra til sof psixik, ruhiy hodisa sifatida bayon qilindi. Psixologistlar tilning taraqqiyotini alohida shaxslarning tafakkuridagi, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog`liq deb hisobladilar.
- Sotsiologik tilshunoslik: Sotsiologik lingvistika o`z - o`zidan, bevosita paydo bo`lgani yo`q. U qadim davrdan boshlab, tilga - til va ja-miyat masalalariga bo`lgan turlicha qarashlarning, yondashishlar-ning ijobiy natijasi, ob`ektiv mahsuli sifatida qaror topdi
- Strukturalizm: Struktural lingvistika tilni ishoralar (belgilar) sistemasi sifatida o`rganadi va uning shartli belgilik hususiyati bilangina qiziqadi. U tildagi belgilarning munosabatlari, oppoziciyalari yoki funkciyalariga alohida e'tibor berganidan til birliklaridan biri mavjud bo`lgani uchungina boshqasi mavjuddir deb hisoblaydi.
- Kommunikativ tilshunoslik. Matn tilshunosligi: XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o`zgarishlarni o`rganish bilan shug'ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilni ng rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi.