Yoshlarda hissiy emotsional holatlarni namoyon bo’lishining psixologik asoslari

Ushbu bitiruv malakaviy ishi yoshlardagi attroksiya va emotsional munosabatlarning psixologik asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Ishda o'smirlik va o'spirinlik davrlaridagi hissiy kechinmalar, ularning namoyon bo'lish sabablari, do'stlik, sevgi va muhabbat kabi tushunchalar tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshlarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida emotsional munosabatlarning ahamiyati ko'rsatib o'tilgan.

Asosiy mavzular

  • Yoshlardagi hissiy emosional xolatlar to'g'risida: O'smirlarni tarbiyalashning o'ziga xos hususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi. O'smirlik davri taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiylotligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi ta'sirlarga beriluvchan o'smir o'qil-qizlarga alohida e'tibor berish zarur.
  • Yoshlarda atraksiya, sevgi –muhabbat to'g'risida: O'smirlik va o'spirinlik davrlari nafaqat kasbiy tanlov va kasb egallash uchun maqbul davr bo'lmay, bu davr yoshlarning o'zligini anglash, o'z qadr qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda bo'lish tajribani egallash davri hamdir. Attraksiya (lotincha – yoqtirish, o'ziga jalb etish) bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi yoki yoqtirishi o'zaro moyillikni tushuntiruvchi emosional hisdir.
  • Hissiy emosional xolatlar namoyon bo'lishi sabablari: Shaxsning butun o'y -fikrini va intilishlarini o'ziga tortib, oladigan hamda uning hissiy jihatlarini aniq -ravshan belgilaydigan ko'plab barqaror his-tuyg'ular. Yoshlik yoshida, sevgi -muhabbat tuyg'usi sezilarli o'rin egallaydi. Sevgi subyektning shaxvoniy ehtiyojlari bilan fiziologik jihatdan bog'liq bo'lgan hamda boshqa birovning hayoti va faoliyatida ham o'zidagi singari jadallikda da'vat etadigan javob his-tuyg'usiga ehtiyoj uyg'otuvchi shaxsiy ahamiyatlilik hususiyatlarini yanada to'laroq gavdalantirishida ifodasini topadigan jadal, jiddiy va nsibatan barqaror his-tuyg'udir