Iqtisodiyot nazariyasi
Ushbu kitob iqtisodiyot nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda iqtisodiy tushunchalar, qonuniyatlar va rivojlanish tendensiyalari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari: Ushbu mavzuda iqtisodiyotning asosiy muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ilmiy bilishning asosiy usullari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari: Ushbu mavzu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati, mulkchilik shakllari, mulk ob'ektlari va sub'ektlarini o'z ichiga oladi.
- Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o'rni: Tovarning nafliligi va ayirboshlanish nisbati (qiymati), tovar qiymati va qiymat qonuni, pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari batafsil tahlil qilinadi.
- Bozor iqtisodiyoti mazmuni va unga oʻtishning Oʻzbekistondagi xususiyatlari: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari, bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari, bozor turlari va tuzilishi masalalari yoritiladi.
- Talab va taklif qonuni. Bozor muvozanati.: Ushbu mavzuda talab va taklif qonuni, talabning hajmiga va miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, taklif tushunchasi, taklif qonuni, taklifning hajmiga ta'sir etuvchi omillar va bozor muvozanati masalalari muhokama qilinadi.
- Raqobat va monopoliya: Raqobatning mohiyati va uning iqtisodiy asoslari, raqobat munosabatlari, raqobat turlari, raqobat usullari, agrar munosabatlar va agrosanoat majmuasi masalalari yoritiladi.
- Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy oʻlchamlari: Milliy iqtisodiyot tushunchasining mazmuni, shakllanish shart-sharoitlari va omillari, YAlpi milliy mahsulotni hisoblash usullari tahlil qilinadi.
- Yalpi talab va yalpi taklif: YAlpi talab tushunchasi, uning egri chizig'i va hajmiga ta'sir etuvchi omillar, YAlpi taklif tushunchasi, uning egri chizigʻi va hajmiga ta'sir qiluvchi omillar kabi masalalar batafsil o'rganiladi.
- Iste'mol, jamgarish va investisiyalar: Iste'mol va jamg'armaning iqtisodiy mazmuni, Investitsiya darajasi va funksiyasi, investitsion faollik, kapital qoʻyilmalar samaradorligini aniqlovchi omillar o'rganiladi.
- Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik. Iqtisodiy muvozanat va mutanosiblik: Iqtisodiy o'sishning mazmuni, Iqtisodiy oʻsish mezonlari va asosiy koʻrsatkichlari, iqtisodiy oʻsish omillari kabi masalalari tahlil qilinadi.
- Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik: Iqtisodiyotning siklligi tushunchasi, iqtisodiy sikllar nazariyasi, iqtisodiy sikl mazmuni, siklli tebranishlar kabi masalalarni batafsil tahlil qilinadi.
- Moliya, moliya tizimining mohiyati va vazifalari: Moliyaviy munosabatlarning mohiyati, Moliya va moliya tizimi, fiskal siyosat kabi masalalarni batafsil o'rganiladi.
- Jahon xoʻjaligi va Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi: Jahon xoʻjaligi tushunchasi, Globallashuv va ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi, tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, Jahon xojaligi va Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi kabi masalalar yoritilgan.