Madaniyatshunoslik
Ushbu kitob O'zbekistonning oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, madaniyatshunoslik fanini o'rganishga bag'ishlangan. Unda madaniyatning mohiyati, asosiy tushunchalari, rivojlanish bosqichlari, Markaziy Osiyo madaniyati va uning jahon madaniyatiga qo'shgan hissasi, shuningdek, mustaqillik davridagi madaniy taraqqiyot masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Madaniyatshunoslikning predmeti va vazifalari: Madaniyatshunoslik fanining mohiyati, madaniyat tushunchasi, bilimlari tipologiyasi, vazifalari va manbalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Madaniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlari: Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, moddiy va ma'naviy madaniyatning o'zaro aloqadorligi, madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati, madaniyat boyliklari (qadriyatlar) haqida so'z yuritilgan.
- Madaniy va ma'rifiy meros: Madaniy meros tushunchasi, uning mexanizmlari va O'zbekiston jamiyatining ma'naviy yangilanishida madaniy merosning o'rni tahlil qilingan.
- Arxaik (ibtidoiy) madaniyat: Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari, so'ngi poleolit davri madaniyati, yangi tosh asri (neolit) madaniyati va jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi masalalari ko'rib chiqilgan.
- Sharq uyg'onish davrining o'ziga xos xususiyatlari: Qadimgi Sharq madaniyatining vujudga kelishi shart-sharoitlari, dunyoqarashi, tafakkuri va yirik madaniyat markazlari (Misr, Mesopotomiya) haqida ma'lumotlar berilgan.
- Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati: Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari, hududdagi ilk davlatlar madaniyati va Yunon-Baktriya madaniyati miqiyosida sharq elinistik madaniyati yoritilgan.
- O'rta asrlarda Markaziy Osiyo madaniyati: O'rta asrlarda Musulmon Sharq madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari, Markaziy Osiyoda o'rta asr davlatlari madaniyati va me'morchilik, san'at turlari, ilm fan, diniy-ahloqiy dinning shakllanishi ko'rib chiqilgan.
- Temur va Temuriylar davri madaniyati: Temur va Temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy madaniy-maishiy taraqqiyoti, me'morchilik, tasviriy san'at va amaliy san'at, ilm-fan, adabiyot va din masalalari yoritilgan.
- XVII-XX asrlarda O'zbekiston madaniy taraqqiyoti: Markaziy Osiyoda mustaqil xonliklarning vujudga kelishi va madaniyatining ahvoli, mustaqil xonliklar va amirlikning o'zaro madaniy ta'siri va aloqalari, hamda Markaziy Osiyo madaniyatiga rus va dunyo madaniyatining ta'siri haqida so'z yuritilgan.
- Milliy istiqlol g'oyasi va O'zbekistonda madaniy taraqqiyot: Ma'rifiy-ma'naviy islohatlar-jamiyat taraqqiyotining ustivor yo'nalishi sifatida ta'lim rivojining o'ziga xos xususiyatlari va hozirgi bosqichda madaniy hayotning o'ziga xosliklari ko'rib chiqiladi.
- Maданият ва фалсафаси: Madaniyat tushunchasi. Moddiy va ma`naviy madaniyat, Milliy va umuminsoniy madaniyat. Sharq va G'arb madaniyati haqida tushunchalar berilgan. Fan falsafasi. Fanning maqsadi, vazifalari, turlari va Mustaqillik va fanni taraqqiy ettirish masalalari ochib berilgan.