Гимнастика машқларининг атамалари
Ushbu kitob gimnastika mashqlarining nomlanishi, turlari, va ularni o'qitish metodikalariga bag'ishlangan. Kitobda gimnastika tarixi, nazariyasi, amaliyotga tadbiq etish usullari, shuningdek, dars berish metodikasi va mashg'ulotlarni tashkil etish shakllari ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Gimnastika atamalari: Gimnastika atamalari tizimi, ularning qo'llanilishi va talablari (tushunarlilik, aniqlik, qisqalik). Atamalarni yaratish usullari va terminologiya qoidalari.
- Gimnastika mashqlarining asosiy guruhlari: Saf mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, erkin mashqlar, amaliy mashqlar, jihozlarda bajariladigan mashqlar (gimnastika oti, to'sini, devori, halqa, qo'sh cho'p, yakka cho'p), akrobatika, badiiy gimnastika.
- Gimnastika turlari: Sog'lomlashtiruvchi gimnastika (asosiy, gigienik, atletik), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, akrobatika. Amaliy turlari: ishlab chiqarish gimnastikasi, kasbiy-amaliy, harbiy-amaliy, sport-amaliy gimnastika, davolash gimnastikasi.
- Gimnastika mashqlarini o'rgatish metodikasi: Umumrivojlantiruvchi mashqlar, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, sakrash, osilish va tayanchni o'rgatish uslublari. Erkin mashqlar va akrobatika elementlarini o'rgatish qoidalari.
- Sakrash mashqlari: Sakrash mashqlari turlari va ularni bajarish uslublari: Tayanmay sakrashlar, oldinga sakrashlar.