O`zbekiston tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston tarixini qadim zamonlardan to mustaqillik davrigacha qamrab oladi. Unda davlatchilikning shakllanishi, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot bosqichlari, milliy ozodlik kurashlari, Sovet davridagi qaramlik va istiqlol yillari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Markaziy Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar, Kushon podsholigi, Turk xoqonligi, Xorazmshohlar davlati.
- O'zbek xalqlarining etnik shakllanishi: Urug', qabila, elat, xalq va millat tushunchalari. Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy va etnik vaziyat. O'zbek xalqi etnogenezining davrlari.
- O'rta Osiyo xalqlari hayotida uyg'onish davri: Markaziy Osiyoda uyg'onish davrining paydo bo'lish sharoitlari. O'lkamizda fan, madaniyat, adabiyotning taraqqioti va uning insaniyat tsivilizatsiyasida tutgan o'rni.
- Amir Temur va Temuriylar davrida O'zbek davlatchiligi: XIV asr o'rtalari va ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi vaziyat. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi. Temur tuzuklari.
- Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi: XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli.
- Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati: Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi va uni boshqarishning mustamlaka tizimi. Milliy ozodlik kurashlari. Jadidchilik harakati.
- Turkistonda Mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi: Rossiyadagi 1917 yil fevral inqilobidan so'ng Turkistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat. Istiqlolchilik harakati.
- Sovetlar davrida O'zbekistonning iqtisodiy va ma'naviy qaramligi: 20-30 yillarda O'zbekistonning iqtisodi va uning Markazga qaramligi. Madaniyatni rivojlantirish sohasidagi yutuqlar va nuqsonlar.
- Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va O'zbekiston: Sobiq SSSR da ma'muriy buyruqbozlik boshqarish tuzimining shakllanishi. 80-yillarda qatag'onlikning kuchayshi va uning oqibatlari.
- O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi: O'zbekistonning davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi. Mustaqil O'zbekistonda yuratilayotgan milliy siyosat.
- O'zbekiston va jahon hamjamiyati: XX asr oxirida xalqaro vaziyat. Mustaqillik davrida O'zbekistonning tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi.