Ер усти транспорти тизимларини лойихалаш асослари
Ushbu kitob avtomobilsozlik sohasida ishlaydigan muhandislar uchun mo'ljallangan bo'lib, avtomobilning tuzilishi, ishlashi va loyihalashtirish jarayonini o'rganishga bag'ishlangan. Unda avtomobil konstruksiyasini yaratishda yuzaga keladigan cheklovlar, optimal yechimlar va loyihalashning ilmiy asoslari, texnik va iqtisodiy jihatlari muhokama qilinadi. Kitobda avtomobil qismlarining ishlash muddatini oshirish, metall sarfini kamaytirish, xavfsizlikni ta'minlash va boshqa muhim masalalar ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Loyihalash mazmuni: Avtomobilning yangi namunalarini yaratish, agregat va tizimlarni ishlab chiqish, konstruksiyaga o'zgartirishlar kiritish jarayonlari, texnik hujjatlarni tayyorlash va loyihalashning ilmiy asoslari.
- Loyihalash vazifalari: Avtomobilning istiqbolli tipaji, asosiy parametrlari, unumdorligini oshirish, ijtimoiy talablarning bajarilishi va tayyorlashni arzonlashtirish masalalari.
- Avtomobilni loyihalash: Avtomobildan foydalanish sharoitlari, ekspluatatsion xususiyatlarini baholash mezonlari, loyihalash bosqichlari, texnik topshiriq va eskiz loyiha.
- Avtomobilning компоновка sxemalari: Компоновка sxemalarini baholash, turlari, afzallik va kamchiliklari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Avtomobilning agregat va uzellari: Dvigatelni joylashtirishga talablar, dvigatel turlari va komponentlari haqida ma'lumot berilgan
- Kuch uzatmasi: Kuch uzatmasining asosiy vazifalari va talablari keltirilgan
- Kupricklar va osmalar: Kupricklar va osmalarni loyihalashning asosiy yo'nalishlari keltirilgan
- Boshqarish qismini loyihalash: Rul boshqarmasi va tormoz boshqarmasiga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumot berilgan.
- Rama va kuzovlarni loyihalash: Rama va kuzovlarning konstruktsiyalari haqida tushunchalar berilgan.