Mаkrоiqtisоdiy tahlil

Ushbu kitob makroiqtisodiyotning asosiy tushunchalari, nazariyalari va amaliyotini o'rganishga bag'ishlangan. Unda milliy hisoblar tizimi, iqtisodiy o'sish, byudjet-soliq siyosati, to'lov balansi, pul-kredit siyosati va boshqa muhim makroiqtisodiy masalalar tahlil qilinadi. Kitob talabalar, tadqiqotchilar va iqtisodiyotga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Makroiqtisodiy tahlilga kirish: Ushbu bobda makroiqtisodiyotning predmeti, uslubi va asosiy tushunchalari, iqtisodiy modellar, milliy hisoblar tizimi hamda iqtisodiy tahlilning ahamiyati va vazifalari ko'rib chiqiladi.
  • Iqtisodiyotning real sektori: Ushbu bobda milliy daromad va mahsulotlar hisobi, yalpi ichki mahsulot (YAIM) va yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi milliy ixtiyoriy daromad (YAMID) hamda ularning tarkibiy qismlari, nominal va real agregatlar, tovar va xizmatlar, tashqi balans kabi masalalar yoritiladi.
  • To'lov balansi: Ushbu bobda to'lov balansining tuzilishi, tahliliy hisoboti, asosiy vaziyatlar, import va eksportni tahlil qilish, xizmat va transfertlar tahlili, kapital operatsiyalar hisobi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Byudjet-soliq (fiskal) sektori: Ushbu bobda davlat boshqaruv organlari, davlat boshqaruv organlarining operatsiyalar hisobi, davlat daromadlari va transfertlarning tahlili, fiskal hisoblar, byudjet tahlili, davlat moliya statistikasi kabi masalalar tahlil qilinadi.
  • Pul-kredit (monetar) sektori: Ushbu bobda iqtisodiy operatsiyalar, milliy daromad, mahsulot va to'lov balansi hisoblari, davlat moliya statistikasi, pul-kredit obzorining boshqa makroiqtisodiy hisoblar bilan aloqasi, pul vositalarining oqimi, tahliliy hisobot kabi masalalar yoritiladi.
  • Tailand fiskal siyosati va makroiqtisodiy tahlilining tajribasi: Ushbu bobda Tailand iqtisodiy rivojlanishi, Tailandning fiskal tizimi hamda O'zbekiston uy xo'jaliklarining daromadlari va xarajatlari modelini takomillashtirish masalalari tajriba asosida tahlil qilinadi.
  • Milliy hisoblash tizimida ishlab chiqarishni iqtisodiy faoliyatini tahlili: Ushbu bobda ishlab chiqarishni iqtisodiy faoliyatini klassifikaciyasi. Milliy hisoblash tizimida foydalaniladigan statistik birliklar. Ishlab chiqarish scheti va Yalpi milliy mahsulot va uning tarkibi tahlil qilinadi.
  • Milliy hisoblash tizimida daromadlarni funkcional, birlamchi va qayta taqsimlash: Ushbu bobda daromadlarni tashkil topish schyoti mazmuni va umumiy sxemasi. Milliy hisoblash tizimida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash. Daromadlarni ikkilamchi taqsimlash schyoti.Milliy hisoblash tizimida natural shakldagi ijtimoiy transfertlar.
  • Ixtiyordagi daromaddan foydalanish schyoti: Ushbu bobda Ixtiyordagi daromaddan foydalanish schyoti strukturasi va masalasi. Yalpi milliy jamg'arma. Milliy hisoblash tizimida jamg'arish schyotlari. Kapital bilan operaciyalar schyotini moliyalashtirish saldosi.