Odam va hayvonlar fiziologiyasi
Ushbu kitob odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda fiziologiya fanining asosiy tushunchalari, nerv tizimi, ta'm bilish, harakat, sezgi va boshqa hayotiy jarayonlar haqida ma'lumot berilgan. Har bir mavzu bo'yicha reja, asosiy tushunchalar, qonuniyatlar va jarayonlar batafsil yoritilgan. Kitob tibbiyot yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Asosiy fiziologik tushunchalar: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, rivojlanish tarixi, organizmda ketayotgan hayotiy jarayonlarning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit, refleks va refleks yoyi, organizmda fiziologik funksiyalar.
- Qo'zg'aluvchan to'qimalar fiziologiyasi: Qo'zg'aluvchan to'qimalar, ta'sirlanish va qo'zg'alish, membrana potensiali, harakat potensiali, qo'zg'alish to'lqinining tarqalishi, ta'sir etish qonunlari, labillik, N.E.Vvedenskiyning parabioz, optimum va pessimum ta'limotlari.
- Nerv tizimining umumiy fiziologiyasi: Nerv tizimiga umumiy tavsifnoma, neyronning tuzilishi va funksiyalari, nerv tolalari va ularning xususiyatlari, sinapslar, nerv markazlari va ularning xossalari, markaziy nerv tizimida tormozlanish hodisasi, refleks faoliyatlarining koordinatsiyalari.
- Markaziy nerv tizimining xususiy fiziologiyasi: Orqa miyaning tuzilishi va funksiyalari, keyingi miya, o'rta miya, retikulyar formatsiya, miyacha, oraliq miya, bosh miya katta yarim sharlari, vegetativ nerv sistemasi.
- Muskullar fiziologiyasi: Skelet muskul tolalarining sinflanishi, funksiyalari va xossalari, muskulning qisqarish mexanizmi, muskulni qisqarish turlari, motor birliklari, skelet muskullarining tonusi, muskulning charchashi, muskulning kuchi va ishi, silliq muskullarning sinflanishi, xossalari va funksiyalari.
- Analizatorlar fiziologiyasi: Analizatorlarga umumiy tavsifnoma, ko'rish analizatori, eshitish analizatori, vestibulyar analizator, hid bilish va ta'm bilish analizatorlari, og'riq, taktil va temperatura retseptorlari.
- Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi: Oliy nerv faoliyati ta'limoti, shartli va shartsiz reflekslar, shartli reflekslarni hosil qilish usullari va mexanizmi, shartli refleks turlari, shartli reflekslarning tormozlanishi, oliy nerv faoliyati tiplari, uyqu, tush ko'rish va gipnoz.