Кичик бизнесни бошқариш
Ushbu kitob kichik biznesning mohiyati, ahamiyati va rivojlanish tendensiyalarini O'zbekiston va xorijiy davlatlar misolida tahlil qiladi. Kichik biznesni boshqarish, tashkil etish, moliyalashtirish, soliqqa tortish, audit kabi masalalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda aхborot texnologiyalari, psixologik aspektlar va tadbirkorlik etikasiga ham e'tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Kichik biznesning mohiyati va iqtisodiyotdagi o'rni: Kichik biznesning ta'rifi, ahamiyati, rivojlanish omillari, O'zbekiston va xorijdagi holati, tashkil etish shakllari va ularning afzalliklari.
- Kichik biznesning bozor va raqobat tizimidagi roli: Bozor tushunchasi, funktsiyalari, turlari, raqobatning mohiyati, turlari va raqobat vositalari, raqobat strategiyalari.
- Kichik biznes faoliyatini tashkil etish: Kichik biznes korxonalarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari, mulkchilik shakllari.
- Kichik biznes faoliyatini tahlil etish va rejalashtirish: Faoliyatni iqtisodiy tahlil qilish, biznes-reja tuzish, investitsiyalarni baholash usullari, moliyaviy rejalashtirish.
- Kichik biznes faoliyatini boshqarish: Korxonani boshqarish tuzilmalari, bo'linmalarning o'rni, a'zolarning o'zaro munosabatlari, rahbarning roli va vazifalari.
- Kichik biznesning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta'minlash shakllari: Moliyaviy faoliyat turlari, daromad va хarajatlar, kreditlash shakllari (tijorat, bank, davlat, xalqaro).
- Kichik biznesni bank, soliq va audit bilan aloqalari: Banklar bilan hamkorlik, soliq tizimi, soliq imtiyozlari, audit va auditorlik tekshiruvlari.
- Kichik biznesni aхborot bilan ta'minlash: Aхborotning ahamiyati, turlari, tizimi, aхborot manbaalari, yig'ish usullari, marketing tadqiqotlari.
- Kichik biznes korxonalarida tijorat faoliyatini tashkil etish: Tijorat bitimlari, ularning turlari, rasmiylashtirish usullari, sotuvchi va xaridorning huquqlari va kafolatlari.
- Kichik biznes psixologiyasi: Tadbirkor rahbarning psixologik xususiyatlari, nutq madaniyati, majoaroli vaziyatlar va ularni hal etish usullari.