Фарғона водийсида кенг тарқалган балиқлар экологияси ва уларнинг кўчиб юриш хусусиятлари

Ushbu kitob O'zbekiston suv havzalarida uchraydigan baliqlarning ekologiyasi, tarqalishi va xususiyatlariga bag'ishlangan. Unda Farg'ona vodiysidagi baliq turlarining ko'chib yurish odatlari, oziqlanishi, ko'payishi va muhofaza choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitob baliqchilik xo'jaliklari, biologiya fakulteti talabalari va sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Chuchuk suv muammolari va akvakultura istiqbollari: Suv resurslarining holati, ifloslanishi, baliqchilikning ahamiyati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.
  • Farg'ona vodiysining fizik-geografik tavsifi: Farg'ona vodiysining iqlimi, gidrografiyasi, tuproqlari va o'simlik dunyosi haqida ma'lumot beriladi.
  • Ixtiofaunani o'rganish asoslari: Baliq faunasini o'rganish tarixi, sistematikasi va ekologiyasi asoslari bayon etiladi.
  • Asosiy qism: Baliqlar ko'chib yurish xususiyatlari va ekologiyasi: Farg'ona vodiysida keng tarqalgan baliq turlarining (sazan, laqqa, sudak, ilonbosh, qora baliq) biologiyasi, tarqalishi va ko'chib yurish odatlari batafsil yoritiladi.