O'simlikshunoslikning biologik asoslari

Ushbu kitob O'zbekiston qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "O'simlikshunoslik" fanidan ma'ruza matnlari to'plamidir. Unda o'simliklarning biologik asoslari, o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi, oziqlanishi va urug'chiligi kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitob qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishning nazariy asoslarini o'rganishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish. O'simlikshunoslikning tabiiy biologik asoslari: Fanning maqsadi, vazifalari, o'simlikshunoslik mahsulotini yetishtirishning tabiiy iqlim sharoitiga bog'liqligi va tuproq unumdorligini saqlashda o'simliklarning o'rni.
  • O'simliklar biologiyasining shakllanish sharoiti: O'simliklar biologik shakllanish sharoiti, biologik xususiyatlarini tabiiy iqlim sharoitiga bog'liqligi va o'simliklarning kelib chiqish markazlari.
  • O'simlikning o'sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga ta'sir qiladigan omillar: O'simlikning o'sishi, rivojlanishi, o'suv davri hamda o'sishi va rivojlanishini boshqarish imkoniyatlari.
  • Biologik azot va uning tabiatda almashinuvi: O'simlikning o'sishi va rivojlanishida azotning o'rni, biologik azotni o'zlashtiradigan o'simliklar va o'zlashtirishga talab qilinadigan sharoit.
  • O'g'itlash tizimining biologik asoslari: O'simlikni rivojlanishida o'g'itlarni o'rni, o'g'itlarga bo'lgan talabi, tuproqlarni azot, fosfor va kaliy bilan ta'minlanganligi hamda hosil bilan o'g'itlarni sarflanishi.
  • Dala ekinlarini yetishtirish texnologiyasining vazifalari: Dala ekinlari yetishtirishda qo'llaniladigan tadbirlar, ularning vazifalari va hosilga ta'siri, texnologik tadbirlarni tuproq iqlim sharoiti bilan bog'liqligi.
  • Xosilni rejalashtirishda ekish me'yori va muddatlarining o'rni: Ekinzorlar tomonidan FARni o'zlashtirish koeffitsenti, oziqlanish maydoni, foydali harorat yig'indisi, ekish me'yori va muddatini hosilni shakllanishiga ta'siri.
  • Urug'ning biologiyasi: Urug' tushunchasi, biologiyasi, tinim davri, tozaligi va unuvchanligi.