Қишлоқ хўжалик статистикаси

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Andijon qishloq xo'jalik instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, 5340900-Buxgalteriya hisobi va audit va 5340100-Iqtisodiyot va boshqaruv ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun qishloq xo'jalik statistikasidan amaliy mashg'ulotlarni bajarishda metodik ko'rsatmalar beradi. Ushbu qo'llanma Andijon qishloq xo'jalik instituti o'quv-uslubiy kengashi tomonidan 2013 yilda tasdiqlangan.

Asosiy mavzular

  • Yerdan foydalanuvchilar va yer turlari statistikasi: Ushbu mavzu O'zbekiston Respublikasi yer fondi va uning turlari, ulardan foydalanishga ko'ra toifalari, qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar va ularning tarkibi maydonining turlari va toifalari bo'yicha o'zgarishini o'rganadi. Amaliy mashg'ulotlarda viloyat, tuman, turli mulk shakllaridagi xo'jaliklar yer maydonlarini o'zgarishini hisoblash, yerdan foydalanish va uning samaradorligini hisoblash, yer balanslarini tuzish, yer maydonlari turlari bo'yicha hisobga olish, ularni sifat ko'rsatkichlari-relef va tuproq qatlamlarini ulardan foydalanish darajasiga ta'sirini o'rganish, tuproqning xususiyatlarini hisobga olib tuproqning unumdorlik darajasini baholash, yerning bonitet bali va iqtisodiy bahosini hisoblay bilishlari, qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar. ulardan foydalanish tartibi, ekin turlarini yer uchastkalariga joylashtirish xususiyatlarini o'rganishlari lozim. Yerdan foydalanuvchilar bo'yicha ma'lumotlar turlari va ulardan samaradorlikni hisoblashda foydalana olishlari kerak.
  • Ekin maydonlari statistikasi: Ekin maydonlari statistikasi har bir ekin bo'yicha va umumiy ekin maydonini turli mulk shaklidagi qishloq xo'jaligi korxonalari, ma'muriy va iqtisodiy hududlar va mamlakat bo'yicha joylashishini, tarkibini va uni o'zgarishini dehqonchilik mahsuloti uniqdoriing o'zgarishiga ta'sirini, shuningdek har xil yo'nalishga ihtisoslashgan qishloq xo'jaligi korxonalarida ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi darajasiga ta'sir etuvchi omillarni ariiqlasli kabi masalalarni o'rganadi. Buniing uchun ekin maydonlarini miqdori, tarkibi va ulardan foydalanish darajasini ifodalovchi statistik ko'rsatkichlar tizimini va ularni hisoblash usullarini ilmiy asosda ishlab chiqaradi. Xususan, ekin maydonlarini bu belgilariga ko'ra tasniflash, ularni iqtisodiy mazmuniga ko'ra kategoriya larga ajratish, ekin maydonlaridan foydalanish darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlarni xo'jaliklarni ihtisoslashini hisobga olgan holda hisoblash usullarini o'rgatadi.
  • Mevali daraxtzorlar va agrotexnik tadbirlar statistikasi: Mevali daraxtzorlar statistikasi mevali daraxtzorlar maydonini xo'jalik kategoriyalari bo'yicha tumanlarda, viloyatlarda va mintaqalarda joylashishini, ularni tarkibi, holati, dinamikasi, yAlpi hosili, hosildorligi, ishlab chiqarish samaradorligi darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlarni ilmiy asosda ishlab chiqish bilan bir qatorda bu ko'rsatkichlarni darajasiga va rivojlanish suratlariga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash va tahlil qilishda statistik usullarni qollash uslubiyatini o'rgatadi. Agrotexnik tadbirlar statistikasi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqa-rliashni ko'paytirishga yo'naltirilgan tadbirlarni, xususan bajarilgan agrotexnik tadbirlar hajmini aniqlash bilan bir qatorda, bajarilgan ilg'or agrotexnik tadbirlarning salmog'i, bajarilgan ishlarning muddati, dinamikasi va umuman agrotexnik tadbirlarning holati, amalga oshirish usullarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimini hisoblash usullarini ilmiy asosda ishlab chiqishi va ularni har bir joyning tuproq, iqlim, iqtisodiy sharoitlariga bog'liq holda etishtirilgan yalpi hosil miqdoriga ta'sirini aniqiaash va tahlil qilishda statistik usullarni qo'llash uslubiyatini o'rgatadi.
  • Hos1l va hosildorlik statistikasi: Hosildorlik statistikasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning eng asosiy natijaviy ko’rsatkichlari, ekin turlari bo’yicha yalpi hosil va hoslildorlik tushunchasi, ularni ishlab chiqarishning turli davrlarida aniqiash usullarini, turli ekinlarning hosildorligini nobud bo’lish darajasi va uni sabablari, nobud bo’ilgan hosil miqdorini hisoblashni, yalpi hosil miqdori va unga ta’sir qiluvchi omillarni, hosildorlik darajasi dinamikasini o’rganib, o’zgarish xususiy-atları, ayrim qonuniyatni aniqlash va uzoq muddatda tabiiy omillarni ta’sirini o’rganadi, Buniing uchun amaliy mashg’ulotlarda turli mulk shakllaridagi barcha toifadagi, fermer va Dehqon xo’jaliklarining mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ma’lumotlari asosida ekin turlari bo’yicha va yalpi hosil miqdori, xo’jaliklarni aniq iqtisodiy va tabiiy sharoitida statistik tahlil qilish va mahsulot ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligini hisoblash. xulosa va takliflarni shakilantirish ko’nikmalari hosil bo’lishi losim. Statistik tahlil jarayonida ekilgan ekin turlari bo’yicha pishib etilgan hosilni aniqlashda ekin maydoni bo’yicha metrovkalarni qo’yish, ombordagi hosil miqdorini uni namligi va tozalitik darajasini hisobga olib aniqlash, omillarni hosildoiiik darajasiga ta’sirini indeks usulida, yalpi hosil miqdorini, hosildorlik darajasini, ekin maydonini va ekin maydonlar tarkibini o’zgarishlari natijasida o’zgarishini statistik tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.