«Фалсафа», «Миллий ғоя» ва «Фан методологияси»
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasining oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti talabalari uchun mo'ljallangan "Falsafa", "Milliy g'oya" va "Fan metodologiyasi" fanlaridan metodik qo'llanma keltirilgan. Qo'llanma aspirantlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, mazkur fanlarni o'rganishda metodik yordam beradi. Kitobda fanlarning mohiyati, asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va metodologik prinsiplari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Falsafa: Falsafaning fan sifatidagi shakllanishi, uning predmeti, funksiyalari va muammolari. Noosfera davri: yangicha dunyoqarashga kuchli ehtiyoj. Falsafa tarixi. Ontologiya va uning ilmiy-metodologik muammolari. Gnoseologiya (ong, ruhiyat, bilish va haqiqat). Falsafa fani qonunlari. Falsafa fanining juft kategoriyalari. Metodologiya va ilmiy bilish metodlari. Antropologiya va jamiyatning shakllanishi.
- Milliy g'oya va mafkura: Noosfera davri va tarafkashlik mafkurasining g'ayriinsoniy mohiyati. Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Milliy g'oyaning tarixiy va falsafiy ildizlari. O'zbekiston xalqlarida g'oyaviy jipslikni rivojlantirish mustaqillikni mustahkamlash omili sifatida. G'oyaga qarshi g'oyaviy kurash olib borish tamoyili va g'oyaviy immunitetni shakllantirish muammosi. Yoshlarda milliy g'urur, iftixor his-tuyg'ularini rivojlantirishda milliy mafkuraning o'rni. Mafkuraviy ijtimoiy institutlar va ularning g'oyaviy ta'sir o'tkazishdagi o'rni. Aholiga g'oyaviy ta'sir o'tkazish vositalari, shakllari va usullari.
- Fan metodologiyasi: Fan, falsafa va mafkura. Fanning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Fanşunoslik, uning predmeti va strukturasi. Fanning umumiy metodologiyasi. Fanning gnoseologik muammolari.