Ўзбек тилида ҳурмат категорияси

Ushbu kitob oʻzbek tilshunosligida hurmat kategoriyasini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, uning lisoniy-nutqiy xususiyatlari, ifodalanish usullari va madaniy ahamiyatini ochib beradi. Monografiya tilshunoslikning dolzarb masalalaridan birini tadqiq etishga qaratilgan boʻlib, unda hurmat tushunchasining lingvistik, sotsiolingvistik va madaniy aspektlari kompleks tarzda yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Hurmat kategoriyasi va uning oʻrganilish tarixi: Ushbu mavzu hurmat kategoriyasining tilshunoslikdagi o'rni, oʻzbek tilida oʻrganilish tarixi, va turli tilshunoslar tomonidan hurmatning talqini bilan tanishtiradi.
  • Hurmat kategoriyasi va hurmat nutqi tushunchalari: Hurmat kategoriyasi va hurmat nutqining farqlari, o'xshashliklari, hamda bu tushunchalarning mohiyati ochib beriladi.
  • Hurmat kategoriyasining ma'naviy-ma'rifiy, falsafiy-huquqiy va lisoniy-axloqiy tavsifi: Hurmatning falsafiy, axloqiy, ma'naviy va madaniy ahamiyati, qadriyatlarga aloqadorligi kabi jihatlar ko'rib chiqiladi.
  • Ijtimoiy-siyosiy hurmat nutqi: Ijtimoiy-siyosiy sohalarda hurmat ifodalarining namoyon bo'lishi, diplomatik munosabatlardagi roli va o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.
  • Oilaвий-maishiy hurmat nutqi: Oilaviy munosabatlarda hurmat ifodalarining qo'llanilishi, oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro hurmatning ahamiyati va ifoda shakllari yoritiladi.
  • Ona-Vatanga, tabiatga, el-yurtga hurmat nutqi: Vatanga bo'lgan hurmatning ifodalanishi, tabiatga ehtirom va atrof-muhitni asrash masalalari ko'tariladi.
  • Hurmat категориясининг лисоний-нутқий тавсифи: Hurmatning til vositalari orqali ifodalanishi, leksik, grammatik va fonetik usullar bilan bog'liq jihatlari ochib beriladi.
  • Hurmatlash va sizlash tushunchalari: Hurmatlashning o’zaro bog’liqligi hamda shaxsga murojaat qilish shakllari (sizlash, senlash) orqali hurmat ifodasining o’ziga xos tomonlarini yoritadi.
  • HURMAT KATEGORIYASINING MORFOLOGIK - GRAMMATIK IFODALANISHI: Hurmatni ifodalashda morfemalarning roli hamda so’z yasash va o’zgartirish orqali hurmat tushunchasining ifodalanish usullarini ko’rsatib beradi.