Kompyuter tarmoqlari xavfsizligi

O'quv qo'llanma kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta'minlashning nazariy va amaliy asoslariga bag'ishlangan. Unda axborotni himoyalash usullari, xavf-xatarlar tasnifi, kriptografiya va stenografiya kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari va axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari va uning tasnifi: Axborot xavfsizligining mohiyati, yo'nalishlari, axborotni himoya qilish deganda nimani tushunish kerakligi, axborotning yaxlitligi, maxfiyligi va ishonchliligi masalalari.
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma'lumotlarga nisbatan xavflar: Axborotning hayotiy davri, uning himoyalanganlik darajasi, noqonuniy kirishning oldini olish, kompyuter tizimlariga ta'sir etuvchi xavf-xatarlar va ularning tasnifi.
  • Virus va antiviruslar tasnifi: Viruslarning turlari, ularning axborotga ta'siri, tarqalish usullari, antivirus dasturlari va ularga qarshi choralar.
  • Axborotni stenografik himoyalash usullari: Stenografiyaning mohiyati, turlari, kriptografiya bilan taqqoslash, asosiy vazifalari va qo'llanilishi.
  • Axborotni kriptografik himoyalash usullari: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari, simmetrik va asimmetrik kriptotizimlar, shifrlash usullari va ularning afzalliklari.
  • Ma'lumotlarning tarqalib ketishi va ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish: Axborot tizimlarining ta'sirchan qismlari, elektron pochtaga ruxsatsiz kirish, ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishning dasturiy va texnik vositalari.
  • Kompyuter tarmoqlarida ma'lumotlarning tarqalish kanallari: Kompyuter tarmoqlarining zaif qismlari, tarmoq xavfsizligini tashkil qilish asoslari, kompyuter telefoniyasidagi himoyalash usullari.
  • Kompyuter tarmoqlarida zamonaviy himoyalash usullari va vositalari: Kompyuter tarmoqlarida himoyani ta'minlash usullari, EXM himoyasini ta'minlashning texnik vositalari, kompyuter tarmoqlarida ma'lumotlarni himoyalashning asosiy yo'nalishlari, Internet tarmog'ida mavjud aloqaning himoyasini ta'minlash asoslari.
  • Elektron pochtada axborotlarga nisbatan mavjud xavf-xatarlar va ulardan himoyalanish asoslari: Elektron pochtadan foydalanish, E-mail asoslari, E-taildagi mavjud muammolar, Elektron pochtada mavjud xavflar, Elektron pochtani himoyalash.
  • Elektron to'lovlar tizimida axborotlarni himoyalash: Elektron to'lovlar tizimi asoslari, Identifikatsiyalovchi shaxsiy nomerni himoyalash, POS tizimi xavfsizligini ta'minlash, Bankomatlar xavfsizligini ta'minlash, Internetda mavjud elektron to'lovlar xavfsizligini ta'minlash, Axborotlarni himoyalashning asosiy vosatalari.
  • Kompyuter tizimlarining himoyalanganlik darajasini aniqlash vositalari: Korxonalarda joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimining xavfsizligini ta'minlash, birinchi navbatda, ushbu tizimni loyixalash boskichida kuzda tutilgan bulishi lozim. Korxona mikyosida kabul kilingan xavfsizlik siyosatining axborot tizimida kanday darajada aks ettirilishi muxim masalalardan biri xisoblanadi.