Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari
Ushbu kitob maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning psixologik rivojlanish xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda O'zbekistondagi ta'lim tizimi, pedagogika, psixologiya fanlarining ahamiyati, shuningdek, yosh davrlar psixologiyasi va ularning o'ziga xosliklari keng yoritilgan. Kitob maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari va ota-onalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi: Ushbu mavzu ontogenezdagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo'lga qiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, egallab boradi.
- Bog'cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanish muammosi: Bog'cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi.
- Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi: Bog'cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko'ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin: birinchi davr - bu 3-4 yosh oralig'ida bo'lib, bola emosional jihatdan o'z-o'zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog'liqdir;
- Go'daklik va ilk bolalik davri psixologiyasi xususiyatlari: Go'daklik davri bolaning tug'ilganidan bir yoshlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma'lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tug'iladi. Go'daklik davri inson hayotidagi organiq ehtiyojlarni qondirishga nisbatan yo'naltirilgan xatti harakatlarning instinktiv shakllari kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi.