Тилшунослик назарияси
Ushbu kitob "Tilshunoslik nazariyasi" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, unda umumiy tilshunoslik, jahon tilshunosligi tarixi, asosiy yo'nalishlari, maktablari va tilshunos olimlar haqida ma'lumot berilgan. Kitob o'zbek filologiyasi yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavr bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Qadimiy asrlar tilshunosligi: Qadimiy Hindiston, Yunoniston va Rimda til haqidagi ilk qarashlar, oqimlar va ta'limotlar. Til masalalariga bo'lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan shug'ullanishning dastlabki bosqichlari.
- O'rta asrlar tilshunosligi: O'rta Osiyo va Arab tilshunosligi. Arab xalifaligida tilning rivojlanishi, tilshunoslikning asosiy markazlari. Qadimiy yozma yodgorliklar va Qur'on tilini saqlash zarurati.
- Uyg'onish davri tilshunosligi: Yevropada lotin tilining ahamiyati, falsafiy-lisoniy bahslar. Qadimiy matnlarni o'rganish, qiyosiy tilshunoslikning shakllanishi.
- Sh'o'ro davri tilshunosligi: Dialektik materializm ta'siri ostida tilga yondashuv. Tilning jamiyatdagi roli, til va tafakkur munosabati. Mashhur tilshunos olimlarning faoliyati
- Strukturalizm: Strukturalizmning asosiy g'oyalari, vakillari va asosiy yo'nalishlari (Praga, Amerika va Kopengagen).