O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish bo'yicha seminar mashg'ulotlarini olib borish uchun qo'llanma bo'lib, talabalarga mo'ljallangan. Unda darslar, mavzular, interaktiv usullar, test savollari va foydali adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.
Asosiy mavzular
- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish o`quv kursining maqsadi va vazifalari, uning yaratilishi: O`zbekiston Konstitutsiyasining davlat, jamiyatdagi o`rni va ahamiyati, mano-mazmuni hamda moxiyatini va fuqarolarning huquqiy ongi, madaniyatini muntazam yuksaltirish. Asosiy Qonunni mukammal o`zlashtirish, uni keng targ'ib tashviqot qilish.
- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat va jamiyat hayotida tutgan o`rni va ahamiyati, uning asosiy tamoyillari: O`zbekiston Respublikasi asosiy qonun ekanligi va uning funktsiyalari va yuridik xususiyatlari bilan tanishtirish, Konstitutsiyaviy huquq normalari tushunchasi va Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillari to`g`risida ma`lumot berish.
- O`zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy erkinliklari va burchlari: Insonlarni shaxsiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlari va burchlarini olish jarayonida, ularda huqiqiy madaniyatni oshirish bilan mamlakatda huquqbuzarlikni oldini olish. O`z huquq va erkinliklari va fuqarolik burchlarni kafolotlari to`g`risida ma'lumot berib, qonun asosida yashashaga o`rgatish.
- O`zbekistonda jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy belgilari: O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzilishini ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, O`zbekistonda moliya va pul- kredit tizimi, jamoat birlashmalari va ularning jamiyat hayotidagi o`rni. Oila va uning jamiyatdagi o`rni. Ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi haqida ma`lumot berish.
- O`zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishi: O`zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishi haqida ma`lumot berish. O`zbekiston tarkibida Qoraqalpog`iston suveren Respublikasining konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini o`zlashtirish.
- O`zbekistonda saylov huquqi va saylov tizimi. O`zbekiston Respublikasi qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va konstitutsiyaviy asoslari: O`zbekistonda saylov huquqi va saylov tizimi, O`zbekiston Respublikasi qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va konstitutsiyaviy asoslari haqida ma`lumot berish. Qonun asosida yashashaga o`rgatish.
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti- davlat boshlig`i: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, maxalliy va O`zbekiston Respublikasi vakillik va ijroiya hokimiyat organlari tizimi haqida o`quvchilarga maʼlumot berish. Insonlarni shaxsiy, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va burchlarini anglab olish jarayonida, ularni huquqiy madaniyatini oshirish bilan mamlakatda huquqbuzarlikni oldini olish, o`z huquq va erkinliklarini himoya qilish va ularni qonun asosida yashashga o`rgatish.
- O`zbekiston Respublikasida Sud hokimiyati va Prokuratura: O`zbekistonda Sud hokimiyatining tashkil etilishi va vazifalari, Sud hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy maqomi, Sud hokimiyat organlarining tizimi va hududiy birliklarda etilishi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va uning faoliyati haqida ma`lumot berish.