Шўртан табиий газни амино-бирикмалар билан тозалаш технологиясини лойиҳалаш. Абсорберни ҳисоблаш. (4.35 млрд м3/й).

Ushbu kitob tabiiy gaz tarkibidagi nordon komponentlarni absorbsiya usuli bilan tozalash jarayoniga bag'ishlangan. Amin birikmalari yordamida gazni oltingugurtdan tozalash texnologiyasi, qurilmalarning texnik-iqtisodiy asoslari, texnologik jarayon tavsifi, asosiy qurilmaning texnologik hisobi, avtomatlashtirish tizimi, ekologik xavfsizlik choralari, fuqoro muhofazasi va mehnat muhofazasi masalalari batafsil yoritilgan. Iqtisodiy qismda mahsulot tannarxi va rentabelligi hisoblangan. Bitiruv ishi Sho'rtan gazni qayta ishlash zavodi misolida yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Texnik-iqtisodiy asoslar: Neft va gaz sanoatining ahamiyati, O'zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash zavodlari, Sho'rtan gaz kimyo majmuasi haqida ma'lumotlar berilgan. Oltingugurtdan tozalash qurilmalarining texnik ko'rsatkichlari va mahsulot tavsifi keltirilgan.
  • Xom-ashyo, moddalar va tayyor mahsulot tavsifi: Desorber qurilmasida regeneratsiyalanadigan xom-ashyo, tozalangan regeneratsiya gazining tarkibi, yarim tayyor mahsulot (nordon gaz) va reagentlar (DEA)ning tarkibi va xususiyatlari batafsil bayon etilgan.
  • Texnologik jarayon tavsifi: Tаbiiy gazni адсорбция usulida tozalash qurilmasi tuzilishi, Ishlash prinsipi va xususiyatlari tasvirlangan. Qаytа ishlаsh jаrаyonlаrining bosqichlari keltirilgan.
  • Asosiy qurilmaning texnologik hisobi: Absorberning issiqlik balansi hisoblangan, absorber diametri va balandligi aniqlangan.
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirish: Absorber qurilmasining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, nazorat o'lchov asboblari va spetsifikatsiyasi, rostlagich kursatkichlari va optimal boshqarish tizimi kompyuter modeli yaratilgan.
  • Ekologik qism: Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar, oqova suvlarni tozalash usullari va chiqindilarni qayta ishlash usullari ko'rsatilgan.
  • Fuqoro muhofazasi: Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil etish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi, shaxsiy himoya vositalari va avariya qutqaruv ishlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mexnatni muxofaza qilish: Ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, elektr xavfsizligi, yong'in xavfsizligi va ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash masalalari yoritilgan.
  • Iqtisodiy qism: Mahsulot tannarxi, rentabelligi, erkin sotish bahosi va asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar hisoblangan.